"Antverpen" Mertens bilan muzokaralarni boshladi

Alisher
9 iyul 2022
Forvard Dris Mertens faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, 35 yoshli belgiyalik uchun "Antverpen" davogarlik qilmoqda.

Belgiya klubi o'yinchi bilan erkin agent maqomida shartnoma imzolamoqchi va ikki yillik bitim taklif qilmoqda.

Mertens o'tgan mavsum "Napoli" tarkibida 37ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira