

"Lester Siti" va "Aston Villa" klublari o'rtasidagi dastlabki uchrashuvda durang qayd etilgandi (1:1). Bugungi bahs ham teng kurashlar ostida kechdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakuniga etdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan 3-daqiqada misrlik Mahmud Trezege tomonidan urilgan gol "Lester"ni musobaqadan chiqarib yubordi. O'z navbatida, "Aston Villa" endi liga kubogi finalida o'ynaydi. Uning raqibi Manchester klublaridan biri bo'ladi.
Aston Villa – Lester 2:1
29 yanvarya, 00.45, Villa Park
Gollar:
1:0 – 12 Targett, 1:1 – 72 Ixeanacho, 2:1 – 90 Trezege.
Aston Villa – Nyuland, Targett, Konsa, Mingz, Gilber (Al-Muxammadi, 84), Grilish, Duglas Luis, El-Gazi (Trezege, 77), Nakamba, Xoz, Samatta (Devis, 67).
Lester – Shmeyxel, Seyundjyu, Evans, Rikardu Pereyra, Chiluell, Tilemans, Barns (Grey, 86), Meddison, Ndidi, Peres (Vardi, 56), Ixeanacho.
Ogohlantirishlar:
Konsa (57), Duglas Luis (60), Seyundjyu (76).




