Angliya. 25-tur. "Manchester Yunayted" - "Fulxem" 2:2

Narzulla Saydullayev
9 fev 2014
Angliya premer ligasi 25-turida "Manchester Yunayted" o'z uyida "Fulxem"ni qabul qildi.
O'yinning birinchi bo'limida mehmonlar hisobda oldinda edilar.

78 va 80-daqiqalarda "qizil iblislar" ikkita gol urib oldinga chiqib olishdi. Biroq hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Bent boshi bilan gol urib "Fulxem"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi - 2:2.

Angliya chempionati

Manchester Yunayted – Fulxem 2:2
9 fevral, 21.00, Old Trafford
Gollar:
0:1 – 19 Siduell  (Xoltbi),  1:1 – 78 van Persi  (Mata),  2:1 – 80 Kerrik,  2:2 – 90 Bent.
Manchester Yunayted – De Xea, Rafael (Valensiya, 69), Smolling, Vidich, Evra, Fletcher (Yanuzay, 62), Kerrik, Eshli Yang (X. Ernandes, 69), Runi, Mata, van Persi.
Fulxem – Stekelenburg, Riter, Bern, Xeytinga, Riise, Siduell, Kvist (Koul, 80), Tannikliff (Parker, 65), Xoltbi, Richardson, Tankovich (Bent, 46).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia