"Avvalo "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yin qiziqarli kechdi. Lekin keraksiz vaziyatlarda gol o'tkazib yubordik. Himoyadagi bazi xatolarimiz tufayli gollar yuzaga keldi. "Bunyodkor"dek jamoa bilan bo'ladigan o'yinda bunaqangi xatolar kechirilmaydi", - deya o'z so'zini boshladi Aleksandr Mochinov.
- Jamoa to'p bilan juda sekin harakatlandi. Bu nima bilan bog'liq?
- Buni ko'rib chiqamiz va muammo qayerda ekanligiga oydinlik kiritib olamiz. Chempionat endi boshlandi, xato va kamchiliklar ustida ish olib borishda davom etamiz.
- "Buxoro" oldiga qanday vazifa qo'yilgan?
- Avvalo yaxshi raqobatdosh jamoani tashkil etish asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Buxoroda futbolni ko'tarib, yuqori darajadaga chiqishni maqsad qilganmiz. Kelajakda Osiyo chempionlar ligasi musobaqasida vatanimiz sharafini himoya qilishni istaymiz.
- Siz boshchiligizda "Buxoro"dan boshqacharoq, yani yorqinroq o'yin kutgandik, ammo...?
- Hayajon biroz bo'lsada o'z so'zini aytdi. Hali oldinda ko'plab o'yinlar va butun boshli chempionat turibdi. O'ylaymanki, jamoamiz o'yindan-o'yinga shakllanib boradi va o'zimiz istagandek futbol ko'rsatamiz.
- Matbuotda "Buxoro"ga yana bir legioner kelishi haqida yozilgandi. Biroq bugun u qaydnomada ko'rinmadi?
- Ruminiyalik futbolchi kelishi kutilmoqda va yana bir futbolchining avvalgi klubi bilan muammolari bor ekan. Shu sababli ularning kelishi biroz kechikdi. Ruminiyalik legioner ertaga kelishi ko'zda tutilgan.