Alaba va Ryudiger "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda qatnashadimi?

Sherzod Nurmatov
17 fev 2025, 16:30
"Real" himoyachilari Antonio Ryudiger va David Alaba jarohatlaridan kutilganidan ertaroq tiklanishi mumkin.

Biroq chorshanba kuni bo'lib o'tadigan "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar Ligasi o'yinida ishtirok etishlari so'roq ostida.

Lukas Vaskesning holati ma'lum – u "Manchester Siti"ga qarshi o'yinga tayyor bo'lmasligi aniq. Dastlab u mushak jarohati tufayli 3 haftani o'tkazib yuborishi kutilgandi, ammo endi bu muddat qisqargani aytilmoqda.

"Real" 19 fevral kuni Chempionlar Ligasi o'tish bosqichining javob o'yinida "Manchester Siti" bilan to'qnash keladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS