Akbar Usmonov: "Gvatemaladan alamimiz bor. So'nggi daqiqalarda e'tiborni yo'qotdik"

Абдулвосит Бектемиров
23 iyul 2024, 00:11
O'zbekiston futzal terma jamoasi a'zosi Akbar Usmonov Gvatemalaga qarshi kechgan bahsdan so'ng (5:4) O'Yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- O'yin haqida

- Juda dramatik bahs guvohi bo'ldik. O'yinning 35 daqiqasi bizning nazoratimiz ostida o'tdi, ammo o'yinning so'nggi daqiqalarida e'tiborni yo'qotdik va shu sabab raqibimiz hisobni qisqartirdi. Raqib darvozabonsiz o'ynashni boshlaganida biz xatolarga yo'l qo'ydik. Ushbu vaziyatni to'g'irlashimiz kerak.

- Urgan golingiz haqida gapirib o'tsangiz?

- Bu taktik o'ylanmamiz edi. Bosh murabbiyimiz bilan juda ko'p taktik uslublarni o'rganib chiqmoqdamiz. Men urgan gol ham taktik rejamiz edi.

- Jahon chempionatiga tayyorgarlik haqida gapirib o'tsangiz?

- Hali oldinda bajarishimiz kerak bo'lgan ishlar juda ko'p. Mundial to'rt yillikning eng yirik musobaqasi hisoblanadi. Shu sababli ko'proq mehnat qilishimiz kerak.

- Gvatemala terma jamoasiga qarshi qandaydir principiallik bordek. Aynan futzalchilar Gvatemalaga qarshi boshqacha yondashuv bilan o'ynashdi. Litvada o'tkazilgan JCHda ham ushbu raqibga qarshi juda qiziqarli o'yin o'tkazgan edik. Ushbu principiallikga sabab nima?

- Bunga asosiy sabab JCHdagi to'qnashuvimiz bo'lgan. So'ngi daqiqada gol o'tkazib yuborgan edik. Gvatemaladan alamimiz bor. Shu sababli ularga qarshi ikki barobar yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz.





Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia