AGMK ikkinchi xorijiy yig'inni Qozog'iston klubiga qarshi o'yin bilan boshlaydi

Narzulla Saydullayev
6 fev 2022, 01:55
Jamoa 5 fevral kuni ertalab charter reys orqali Toshkentdan Antaliya shahriga uchib kelgandi.

Mirjalol Qosimov shogirdlari Turkiya yig'ini davomida bir necha o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishadi. Championat.asia sayti ulardan ikkitasini aniqlashga ulgurdi. Shunday qilib, dastlabki ikki o'yin Qozog'iston va Rossiya klublariga qarshi o'tkaziladi.

AGMK o'zining dastlabki o'rtoqlik uchrashuvini 7 fevral kuni Qozog'istonning "Kaspiy" klubiga qarshi o'tkazadi. Navbatdagi uchrashuvda Rossiyaning "Neftximik" jamoasi AGMKga raqiblik qiladi. Ushbu uchrashuv 10 fevral kuni o'tkaziladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia