Abdurasul Rashidov: "Labsa" safida ko'p talabalar o'ynaydi"

Narzulla Saydullayev
18 okt 2018, 20:35
Pro-liga 30-turidan o'rin olgan “Iftixor” - “Labsa” (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa vakili Abdurasul Rashidov “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Bugun jamoamiz a'zolari uchrashuvni yaxshi boshlashdi. Bugun jamoamizning asosiy tarkib futbolchilaridan bir nechtasi turli sabablarga ko'ra qatnasha olmadi.

Asosiy tarkib futbolchilarimizdan ayrimlarida jarohat, ayrimlarida kartochkalar bo'lganligi uchun bugun ular biz bilan uchrashuvga kela olishmadi. Shuningdek tarkibimizda talaba-yoshlar ham bor, ularni uzoq yo'lga olib kelib, dars mashg'ulotlaridan qolib kyetishlarini istamadik. Bugun tarkibimizda asosan yosh futbolchilar harakat qilishdi, shu sabab ikkinchi bo'limda ularga tajriba yetishmadi, ketma-ket 3 ta gol o'tkazib yubordik.

Jamaomizda moliyaviy imkoniyatlar yaxshi, Farg'ona viloyatiga kecha yetib kelganmiz, “Do'stlik” mehmonxonasida bir kun dam oldik. Bugun erta tongdan uchrashuvga hozirlik ko'rdik, garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, jamoamiz ko'rsatgan o'yindan qoniqdim. Bugun ayni muxlislarga yoqadigan, tomoshabop uchrashuv bo'ldi deb o'ylayman.    

Bekzod Tolibov yozib oldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia