A Seriyaning 6 klubi futbolchilariga yanvardan buyon maosh to'lamayapti

Mirjalol Normatov
10 may 2020, 15:25
Yanvar oyidan buyon to'xtab qolgan Italiya A Seriyasining 6 klubi futbolchilariga maosh berishdan bosh tortmoqda.

"La Repubblica" xabariga ko'ra, koronavirus pandemiyasi sababli bo'layotgan inqirozli davr sababli klublar futbolchilari bilan maoshni qisqartirish borasida muzokaralar olib borishmoqda.

Rahbariyatdagilar futbolchilarga yanvar, fevral va mart oylarining maoshlari iyun oyida to'lanishini mumkinligini aytishgan.

Ushbu haftada A Seriyaning bir qator klublari mashg'ulotlarga qaytishgan. Hozircha jamoalar guruh tarzda mashg'ulotda qatnashmoqda. Jamoaviy mashg'ulotlarga esa 18 maydan keyin ruxsat berilishi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Repubblica