71 yoshli Tabares Urugvay terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
21 sen 2018, 20:40
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares o'z vazifasini bajarishda davom etadi.

Bugun, 21 sentyabr kuni Urugvay futbol assotsiatsiyasi 71 yoshli mutaxassis bilan kelishuvni 2022 yilgacha uzaytirdi.

Oskar Tabares 2006 yildan beri Urugvay terma jamoasini boshqaradi. Jamoa uning qo'l ostida 2011 yil Amerika Kubogida g'olib bo'lgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com