10 yil oldin Terriga dahshatli maosh taklif qilishgan

Mirjalol Normatov
18 yanv 2019
"Manchester Siti"ning sobiq ijrochi direktori Garri Kukning aytishiga ko'ra, "shaharliklar" "Chelsi" himoyachisi Jon Terri uchun yiliga 11,7 million evro maosh taklif qilishgan.

"Biz Terri bilan muzokaralar o'tkazdik. "Chelsi"dagilar himoyachi jamoadan ketmasligiga ishonchi komil edi. Unga ajoyib maosh taklif qildik. U paytda bunday maoshning yarmi ham hech kimga berilmasdi. Biroq biz hech qachon futbolchi uchun shartnomani olib kelmaymiz", - dedi Kuk.

38 yoshli Terri 1998-2017 yillar davomida "Chelsi" tarkibida 703 o'yinda qatnashib, 65 gol urdi va 29 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal