So’nggi yangiliklar

12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  1 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  0 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  1 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  1 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  2 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  5 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  3 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  1 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда даҳшатли ўйинлар бор  23 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  5

Zoyir Hasanov: "Yozyovon" maydonda o'z jasoratini, matonatini ko'rsatdi" Yangiliklar

Zoyir Hasanov: "Yozyovon" maydonda o'z jasoratini, matonatini ko'rsatdi"

PRO-Liga 7-turidan o'rin olgan “Yozyovon lochinlari”- “Zomin” (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Zoyir Hasanov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

- Bugun bellashuvlarga boy va qiyin uchrashuv bo'ldi. “Zomin” jamoasi yaxshi o'yin ko'rsatishiga qaramay, malubiyatga uchradi. Ushbu uchrashuvdagi mag'lubiyatni qanday izohlaysiz?
- Bizga bu anana, umuman jamoamizda shunday anana shakllangan, raqib g'alaba qozondimi, biz ularni olqishlaymiz. Bugun “Yozyovon” jamoasi maydonda o'z jasoratini, matonatini ko'rsatdi, yakunda qo'llab-quvvatlab turgan muxlislari oldida g'alaba qozonishdi. Bugungi uchrashuv yomon o'tdi deya olmayman, aksincha bugun yaxshi o'yin bo'ldi. Futbol shunaqa o'yin, qaysi jamoa gol ursa, o'sha jamoa g'alaba qozonadi.    
 
- “Zomin” jamoasi bugun haqiqatdan ham yaxshi maydonda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Uchrashuvda shunday vaziyat bo'ldiki, deyarli hamma gol deb hisoblagan xolatda to'p raqib darvozasiga kirmadi. Umuman bugun jamoangiz ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lsada, raqib darvozasini ishg'ol eta olmadi. Buning sababi nimada deb o'ylaysiz?
- Biz mashg'ulotlarda muntazam jamoaviy o'yinni tashkillash ustida ishlab kelamiz, futbolda “yakuniy qism” degan tushuncha bor, biz bugun yana shu yakuniy qismda bir oz oqsadik. Biz bu xatolarimizni bilib oldik, buni ustida ishlaymiz. SHuningdek omad ham bugun raqibimiz tomonida bo'ldi. Lekin ochig'ini aytsam, buungi o'yin menga juda yoqdi. Futbolchilarimizga shunday o'yin ko'rsatishgani uchun rahmat aytaman, xuddi shu kabi raqib jamoa futbolchilariga ham, bugun ular kurashlarga boy, muxlislarga yoqadigan futbol o'ynab berishdi. SHu kabi o'yinlar o'yingohlarga muxlislar tashrifini yanada oshiradi.

- “Zomin” jamoasi o'z oldiga qanday maqsadlarni qo'ygan?
- Klubimizning maqsadlari birinchi navbatda PRO-Liga munosib bo'lish, PRO-Ligada o'z o'rniga, mavqeiga ega bo'lishdan iborat. Agar jamoa rahbariyati menga ishonsa, imkoniyat bersa kelajakda jamoani yanada shakllantirib, Superligaga olib chiqish niyatim bor. Faqat buning uchun vaqt kerak bo'ladi, bu tezda amalga oshadigan jarayon emas. Biz harakat qilamiz, izlanamiz, ishlashdan to'xtamaymiz, kelajakda jamoamizni Superliga darajasiga olib chiqamiz!    

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика