So’nggi yangiliklar

00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  0 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  9 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  6 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  25 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  29 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  2 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  23

Zo'ravonlik va ishbilarmonlik masalasini aralashtirmay turish vaqti Yangiliklar

Zo'ravonlik va ishbilarmonlik masalasini aralashtirmay turish vaqti

“Paxtakor” qolgan klub futbolchilarini tortib olyapti, deb jar solishmoqda. Nima qilishi kerak?

Kuchayishni istayotgan har qanday klub sara futbolchilarni olib kelishni istaydi, “Paxtakor” ham bundan mustasno emas.

“Paxtakor” bugun futbolchilarni tortib olmayapti. YO sotib olyapti yoki yaxshi taklif bilan chaqiryapti, bor gap shu. “Paxtakor” futbolchilarni o'sha 2002 yillarda tortib olgandi. Jamoa terma bazasi sifatida shakllantirilgan bo'lib, Oliy Liganing deyarli har bir klubi Agamurodov bir yil davomida tuzgan ro'yxatga kirib qolgan etakchisini berishga majbur bo'lgan. Hozir esa vaziyat butunlay boshqa. Epini qilganida, “Nasaf” o'z futbolchilarini saqlab qolgan bo'lardi. Muammoga ko'r-ko'rona 1 ta klubni tirkab qo'yish yaramaydi.

Gap umuman boshqa joyda. Bizda o'z oldiga yuqori maqsad qo'yadigan asosan 1 ta jamoa bo'lib keldi. SHuning uchun ham Oliy Liga klublari joyida qotib qoldi va xalqaro maydonda oldinga qadam tashlay olmadi. “Paxtakor” yuqorida aytilgani kabi zo'ravonga aylangach, bu gegemonlik yillar o'tib “Bunyodkor” tomonidan tugatildi va endi ham kuchlilar “Bunyodkor” qoshida yig'ildi. Bu jamoaning quyoshi so'na boshlagach, “Lokomotiv” katta sahnaga chiqdi. Hamma zo'rlar uning qo'liga o'tdi.

Bu oddiy jarayon. “Paxtakor”gacha ham shunday bo'lgan. 1997 yil “MXSK” hamma yaxshini yig'ib olgan va chempion bo'lgan. 2000 yillar “Do'stlik” uchun atalgan va hokazo. So'nggi 15 yilda chempionlikni qo'lga kiritgan jamoalar tarkibiga nazar solib ko'ring. Asosiy figuralar deyarli o'zgarmagan: Jeparov, Kapadze, Nesterov va ular bilan birga porlagan yana 3—4 etakchi.

Xo'sh, futbol bizda qachon jonlandi degan savolni qo'yib ko'ramiz. Men 2007—2009 yillar degan variantni ilgari surishni istardim. CHunki o'sha davrlarda “Bunyodkor”ning puli ko'p ekanini hamma yaxshi bilardi, “Paxtakor” esa hali taqdirga tan bermagandi. O'ziga xos raqobat vujudga kelgan. “Bunyodkor” qisman sinib, “Lokomotiv” katta sahnaga chiqib olguniga qadar, bizda toza futbol bo'lganiga ishonmayman. Yaqindagina terma kimlarning qo'lida o'yinchoq bo'lgan ersa, men aytayotgan o'sha davrda chempionat ham aynan ularning qo'lida qo'g'irchoq bo'layotgan, biz oddiy bitta teatr tomosha qilib yurgandik.

Hozir esa bir-biri bilan raqobat qilishi mumkin bo'lgan 2 ta jamoa bordek (shunga umid qilib turaman). “Lokomotiv” taqdirga tan bermay tursa, 10 yil avvalgi uyg'onish davriga balki qaytib qolishimiz ham mumkin. SHunchaki “Paxtakor” otni tezroq qamchilab yotibdi va ko'ziga kim ko'rinsa, qo'lga kiritish payiga tushyapti. SHu mavsum “Bunyodkor” yoki “Nasaf” unga jiddiy raqib bo'lishi keragidan ko'p qiyin masala. Hozir faqatgina “Lokomotiv” bo'yin egmay, o'z yo'lida davom etadigandek.

Men nima demoqchiman. Toki bizda bir-biriga bo'yin egmaydigan va o'z futbolchilarini himoya qila oladigan klublar ko'paymas ekan, kuchlilarning bir erda to'planishi oddiy hol bo'lib qolaveradi. Masalan, Rossiya klublari allaqachon ikkinchi davrga etib keldi. Top klublar bir-birining futbolchisini qo'lga kiritishi juda qiyin masala. Bunday ishlar yuqori doirada hal qilinadi hamda oligarxlar yozilmagan qonunlar asnosida bir-birining chegarasini beruxsat kesib o'tmaydi. Italiyada anchadan buyon shunday, Angliya klublari o'z futbolchisini raqibga berib qo'ymaslik uchun tish-tirnog'i bilan kurash olib boradi.

Bizda esa hozircha bunday emas, zo'rlar kam. “Nasaf”ning tirnog'i yo'q, “Bunyodkor”da o'sib ketgach, kaltalab qo'yilgan va hokazo. “Paxtakor” futbolni ortga tortmayapti, oldinga itarish tarafdori. SHunchaki bir o'zi bu ishni hech qachon eplolmaydi, toki unga o'zi kabi raqobatchilar topilmagunicha. Nari borsa CHempionlar Ligasida yarim final va mamlakat chempionligi. Uyog'iga baribir kuchli raqobat kerak bo'laveradi. Biz 1997 yilgi “MXSK”ni, 2000 yillardagi “Do'stlik”ni, 2008 yillardagi “Bunyodkor”ni, 2016 yildagi “Lokomotiv”ni va bugungi “Paxtakor”ni bitta davrda ko'rgandagina haqiqiy raqobat nima ekanini tushunamiz. Hozircha esa bu bizga go'yo bir miraj.

P.S. Men bunda transfer oynasiga o'xshamaydigan oynadagi ko'rinishlar haqida fikr bildirdim. Hakamlar va shu kabi boshqa masalalar mavzuga umuman dahldor emas.


Muallif :
Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика