Zohir Pirimov - OKMKning yutug'i, "Paxtakor"ning muammosi va kubokdagi imkoniyatlar haqida
09 apr 16:20
Yangiliklar
Zohir Pirimov - OKMKning yutug'i, "Paxtakor"ning muammosi va kubokdagi imkoniyatlar haqida
Guruhning markaziy o'yinlaridan biri bo'lgan mazkur qarama-qarshilikka qiziqish katta. Omadi yurishmayotgan "sherlar"ning qiyin vaziyatdan chiqib ketishi, OKMKning g'alabali yurishlari kubokda ham davom etishi kabi omillar bor. Bu uchrashuvdan oldin olmaliqliklar sobiq futbolchisi Zohir Pirimov fikr va taxminlarini bildirdi.
- Jamoalar mavsumni ikki xil holatda boshlashdi: OKMK ketma-ket g'alabalar bilan boshladi. O'tgan yilgi jamoa o'zagi saqlab qolingan. Bu yil yanayam kuchaygan va o'yin sifati ancha yaxshilangan OKMKni chempionlikka davogarlar qatorida ko'ryapman. "Paxtakor" esa aksincha ketma-ket mag'lubiyatlar bilan boshladi jamoada bu yil o'zgarishlar katta. Ko'rinib turibdiki jamoani yangidan qurish davom etmoqda, yangi o'yinchilar ko'p. Shu bois, bu jamoaga yana vaqt kerak. Uning haqiqiy kuchiga mavsum o'rtalarida baho bersak bo'ladi.
- OKMKning yutug'i bir necha yildan beri jamoa o'zagini saqlab qolgan holda, yoshlarni asta-sekin asosiy tarkibga jalb qilishga harakat qilayotganida. Barqarorlik bor joyda o'sish ham bo'ladi. Aksariyat futbolchilar murabbiy nima talab qilishini bilishadi. Jamoada malum bir mexanizim bor, shu sababli o'yinlarda o'zgarish qilinsa ham o'yin sifati o'zgarmayapti.

- "Paxtakor"ning kamchiligi jamoada yangi o'yinchilarning ko'pligida. Bir-birlarini hali to'liq tushunib his qilib o'ynay olmayapti. Olib kelingan ligonerlar ko'rinib turibdiki ancha sifatli. Boya aytib o'tganimdek hammasi vaqt masalasi. O'ylashimcha jamoa hali o'z o'yinini topib oladi.
- Bugungi o'yinda OKMKning imkoniyatini yuqoriroq baholayman. Kubok baxsi bo'lgani uchun jamoalar tarkibida o'zgarishlar ham bo'lishi mumkin. Lekin hujumkor o'yin ko'ramiz deb o'ylayman. Chunki bugun g'alaba qozongan jamoa guruhdadan chiqishga ancha yaxshi imkoniyat hosil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar