So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Zohir Pirimov: “Futbolchi uchun eng keragi murabbiyning ishonchidir” Yangiliklar

Zohir Pirimov: “Futbolchi uchun eng keragi murabbiyning ishonchidir”

Muhsin Muhammadiev boshqaruvidagi “Buxoro” jamoasi uchun mavsum omadsiz boshlandi. Dastlabki uchta turda yirik hisobdagi mag'lubiyatlarni qabul qilib oldi.

Lekin, hali xulosa chiqarishga erta. Boisi, oldinda butun boshli mavsum kutmoqda. Xo'sh jamoa azolari bo'lajak bellashuvlarda xatolarni takrorlamaslikka harakat qiladimi? Biz bu borada joriy yilda ushbu klub bilan shartnoma imzolagan Zohir Pirimovning fikrlariga quloq tutdik.

“AGMKni tark etishimga sabab ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istadim. Bosh murabbiy Mirjalol Qosimov bilan suhbatdan keyin shu qarorga keldim. To'g'risi, bu jamoada faoliyatimni katta qismini o'tkazdim. Ketish og'ir bo'ldi, albatta. Olmaliq ikkinchi uyimdek bo'lib qolgan. Ammo, hammasi ham o'zimga bog'liq emasdi. Futbolchi uchun eng kerakli narsa murabbiyning ishonchi deb o'ylayman.

O'tgan mavsumni yomon boshladik. Ikkinchi davraga kelib o'yin sifati ancha yaxshilandi. Jamoa yangi tuzilgani uchun biroz qiyin bo'ldi. O'yin to'g'ri yo'lga qo'yilsa natija ham o'zi keladi.

Oldingi yili jarohat olganim bois birinchi davrada ko'p maydonga tushmadim. Ikkinchi davrada ham kam o'ynadim. “Buxoro” menga begona emas. 2017 yil to'liq bir mavsum harakat qilgandim. Jamoaning muxlislari va ishchilari bari tanish. Menimcha, bu ortga tashlangan qadam emas deb o'ylayman. Optimal sport formamga tushib olsam kelajakda hammasi yaxshi bo'ladi.



Superliga-2020 taqvimi biz uchun og'ir kelganini aytishim mumkin. “Qo'qon-1912”, “Paxtakor” va “Lokomotiv” bilan safarda o'ynash hamma jamoaga qiyin sanaladi. “SHerlar”ga qarshi bahsda kamida durangga loyiq edik. Rostini aytsam chempionat boshlanishiga bir necha kuni qolganda barcha futbochilar kelib qo'shildi. Har qanday jamoani shakllantirish uchun vaqt kerak. Yomon o'yinchilar yig'ilmagan.

Karantinni foydali tomonlari shundaki, ko'proq oilangiz va farzandlaringizga vaqt ajratar ekansiz. Rejalarni o'ylab, xatolarni tahlil qilish uchun qulay fursat. Zarari esa chempionat boshlangach formaga kirib olish qiyin kechadi.

Ha, terma jamoalardagi faoliyatim haqida to'xtaladigan bevosita BAA bilan Olimpiyada yo'llanmasini qo'ldan boy berganimiz esimda. O'sha uchrashuvda zahirada qolgandim. Bari juda tez sodir bo'lgandi. Ikkita golni o'tkazib yuborgach shokka tushib qoldik. Ketidan uchinchi gol va yakunda mag'lubiyat. O'yindan keyin gap so'zlar tarqalganiga munosabatim? Bahs qanaqasiga sotilishi mumkin? Olimpiyadaga chiqish uchun ikki jamoada ham imkoniyat bir xil edi. Inson hayotida bunday holat bir martta ro'y beradi. Undan foydalanib qolish lozim”, - dedi Pirimov.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика