So’nggi yangiliklar

20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 20:15Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1 (матнли трансляция)  6 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  6 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  1 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  21 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  21 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  35 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  14 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  1 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  14 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  3 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1

Zlatko Dalich: "Tezkor gol rejalarimizni buzib qo'ydi" Yangiliklar

Zlatko Dalich: "Tezkor gol rejalarimizni buzib qo'ydi"

OCHL "D" guruhining 5-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Al Ayn" (1:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar bosh murabbiyi Zlatko Dalich ishtirok etdi.


"O'yin biz uchun juda ham qiyin bo'ldi. Tezkor gol o'tkazib o'yinga qaytish oson emas. Ammo jamoamiz xarakter ko'rsatdi va o'yinga qaytdi. Ko'plab vaziyatlar yaratishga erishdik va yana bir nechta gol urishimiz mumkin edi. Vaziyatlardan unumli foydalana olmaganimiz natijaga o'z tasirini ko'rsatdi. Ikkinchi taym biz uchun oson kechdi. Bugungi o'yindan keyin har ikkala jamoa keyingi bosqichga yo'llanma olish imkoniyatini saqlab qoldi. Barchasi o'zimizning qo'limizda va keyingi o'yindagi g'alaba bizga keyingi bosqichni taqdim etadi", - dedi Zlatko Dalich.

- G'alaba uchun kelgandik degandi. Ammo durang o'ynashdi. Ularga g'alaba uchun nima etishmadi?

- Biz doimo g'alaba uchun futbol o'ynaymiz. O'yin debyuti bizning bazi rejalarimizni o'zgartirib yubordi. Birinchi bo'limda biz 3:1 hisobida g'alaba qozonishimiz kerak edi. "Nasaf"da ko'plab yaxshi futbolchilar mavjud. Ularning tarkibida tezkor futbolchilar etarli. Raqib qarshi hujumlarda juda xavfli o'ynaydi. "Nasaf"da butun jamoa yaxshi harakat qilmoqda. G'alaba qozona olmaganimizga esa tezkor gol sababchi bo'ldi.

Matbuot anjumanida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Omar Abdulrahmon ham qatnashdi.

Omar Abdulrahmon: - Qarshiga uch ochko olish maqsadida kelgandik. SHundagina keyingi bosqich masalasini hal etardik. Afsuski tezkor gol rejalarimizni buzib yubordi. Garchi tezkor gol qo'yvorgan bo'lsakda jamoamiz tezda o'yinni o'z qo'liga oldi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика