Zlatan Ibragimovich: "Italiya - bizniki!"
23 may 2022 23:31
Yangiliklar
Zlatan Ibragimovich: "Italiya - bizniki!"
"Milan" matbuot xizmati jamoa chempion bo'lganidan keyin kiyim almashtirish xonasida Zlatan Ibragimovichning nutqini ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.
"Yigitlar, xotirjamlikni saqlaymiz. Hozir gap mening faoliyatimni yakunlash haqida emas. Bu erga kelgan ilk kunimda ham bizga biror inson ishonmagandi. Qurbonlik qildik, intildik, ishondik va mehnat qildik. Va biz jamoa bo'lib etishdik. Qachonki Siz jamoa ekansiz, o'zingiz istagan muvaffaqiyatga erisha olasiz.
Bugun Italiya chempionimiz. Birinchidan, barcha futbolchilarni tabriklayman. Ikkinchi navbatda esa Paolo, Rikki va Ivanni ham tabriklashim kerak. Ushbu mavsum og'ir o'tdi, biz haqiqiy jamoa edik.
Barcha bilan faxrlanaman. Endi esa menga chempionlikni qanday nishonlashingizni ko'rsating! CHunki bugun nafaqat Milan "Milan"ga tegishli, balki butun Italiya "Milan"niki! Italiya - bizniki!", - dedi Zlatan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar