Zinedin Zidan: "Volfsburg"ga qarshi o'yinni finaldek qabul qilamiz"
06 apr 2016 11:17
Yangiliklar
Zinedin Zidan: "Volfsburg"ga qarshi o'yinni finaldek qabul qilamiz"
"Real" ustozi Zinedin Zidan ECHL chorak finalidan o'rin olgan "Volfsburg"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
– "Volfsburg"ga qarshi og'ir o'yin kutmoqda, unga yaxshi tayyorlandik. Bu bahsni xuddi finaldek qabul qilamiz. O'zimizni bo'sh qo'ya olmaymiz. "Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba unutildi. Har bir bosqichda o'yinlar qiyinlashib boraveradi. Jamoa sifatida o'ynay olsak sovrin yuta olamiz. "Volfsburg" chorak finalga haqli tarzda chiqdi.
Serxio Ramos jarohatidan qutulib o'ziga kelmoqda. U sardor va jamoaning eng muhim o'yinchilaridan biri, - deydi Zidan UEFA rasmiy saytiga.
Fikrlar