Zinedin Zidan: Javob o'yinida barchasini to'g'rilay olamiz
07 apr 2016 08:00
Yangiliklar
Zinedin Zidan: Javob o'yinida barchasini to'g'rilay olamiz
Real ustozi Zinedin Zidan Volfsburgdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:2) o'z fikrlarini bildirdi.
Bugungi o'yindan qoniqmadim. Hech kim 0:2 hisobida yutqazishimizni kutmagandi. Xatto men ham kutmagandim. Bugun og'ir bo'lishini bilardim. Ayniqsa jismonan qiynaldik. Barselonaga qarshi o'yin bizni charchatdi. CHempionlar ligasi pley-offida bunday o'ynab bo'lmaydi. 90 daqiqani yaxshilab o'rganib chiqishimiz lozim.
Hali barchasi yo'qotilmadi. Biz – Realmiz va javob bahsida muxlislarimiz yordamida barchasini to'g'rilashimiz mumkin.
Oldinda 90 va balki undan ham ko'proq vaqt bor. Hozir esa bir jamoa bo'lib ishlashda davom etishimiz lozim, - deydi Zidan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar