So’nggi yangiliklar

00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  93 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  8 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   16 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  10 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

Zinedin Zidan: "Hozircha hech nima yutmadik" Yangiliklar

Zinedin Zidan: "Hozircha hech nima yutmadik"

Zidan "Atletik Bilbalo"ga qarshi o'yindan avval matbuot-anjumanida savollarga javob berdi.

Murabbiy bo'lajak o'yin, taqvim, Azar, Benzema, markaziy himoyachilar va Rodrigoning holati, maqsadlari haqida gapirib o'tdi.


O'yin haqida
"Bizni juda muhim uchrashuv kutib turibdi: "San-Mames" mehmonlar uchun doim og'ir stadion bo'lib qoladi va biz vaziyatni juda yaxshi tushunib turibmiz. Odatdagidek, yaxshi o'yin ko'rsatish niyatidamiz va bunga tayyormiz".


Eden Azar haqida
"Eden bazi og'riqlarni his qildi – hech kim tavakkal qilishni istamaydi va u birinchi navbatda. Umid qilamanki, jarohat jiddiy emas va biz uni mavsum yakunlangunga qadar maydonda ko'ramiz. U yana 3-4 kundan keyin umumiy mashg'ulotlarga qaytadi – bu muammo tezda o'z echimini topishiga ishonaman".

"Doktorlar va fizioterapevtlar – o'z ishining ustasi. U zarba qabul qilib oldi va bir necha kun jamoaga yordam bera olmaydi: "Espanol" bilan o'yinda uning oyog'iga berilgan zarba tufayli Eden hozircha maydonga tusha olmaydi".


Karim Benzema va soliq mojarolari
"Bu shahsiy masala. Men u bilan bu mavzuda gaplashgan taqdirimda ham uni OAVda muhokama qilmayman. Ruhan Karim ajoyib holatda va o'yinga to'liq tayyorligini ayta olaman".

"Madrid" futbolchisi va murabbiyiga bo'ladigan bosim borasida 
"Madrid"da doim bosim bo'ladi. SHuning uchun ham bu buyuk klub. Bosim avval ham bo'lgan, hozir bor, keyin ham bo'ladi. Ishimizning zavqli tomoni ham shunda aslida".


Tibo Kurtua haqida
"Tibo buyukligini isbotlamoqda. Hozir kim eng yaxshiligini aytib o'tirmayman, bu borada har kimning o'z fikri bor. Tiboning statistikasi va maydondagi harakatlari maqtasa arzigulik. SHogirdlarim kurashga chanqoq ekanligidan xursandman – darvozani "quruq" saqlab qolish oson ish emas".


Jamoaning jismoniy holati borasida
"Hozir muhim bo'lmagan narsani o'zi yo'q – juda kam o'yin qolmoqda, koncentraciyani yo'qotmaslik muhim. Tiklanish jarayoni, mashg'ulotlar barchasida alohida etibor zarur. Bu finalga eltuvchi yo'l va bizda ortiqcha muammolar yo'q"


Taqvim va 23:00 hamda 15:00 (mahalliy vaqt bilan) dagi o'yinlar haqida
"Vaqt o'zgarishi bizga qanchalik tasir o'tkazadi bilmayman. Biz har safar o'yin vaqtiga iloji boricha yaqin soatlarda mashg'ulot o'tkazishga harakat qilyapmiz. Bu futbolchilar uchun taxminan o'sha sharoitga tushish imkonini beradi. Taqvimni biz tuzmaymiz, shunday ekan oldimizda faqatgina maydonga tushib, g'alaba qozonish varianti qolmoqda".


Azar bilan munosabatlari haqida
"Biz jamoadagi hech kim jarohat olishini istamaymiz, kimdir safdan chiqib, o'yindan chetda qolishi – bu men uchun eng yomoni. Eden "Madrid"dagi birinchi mavsumini o'tkazmoqda, u jamoaga yordam berishni istaydi va buni amalga oshira olmasa, o'zini erkin his qilolmaydi. Bu ajoyib. Ushbu sifatlar Eden jamoa manfaati uchun naqadar jon kuydirishini bildiradi".


Azar yana jarohat olishdan qo'rqib qolganmi?
"U futbol o'ynashni istaydi va jarohat olishdan qo'rqadi deb o'ylamayman: Eden ham, jamoadagi boshqalar ham u 100% tayyor bo'lishini istaymiz".

Militao haqida
"Militao – jamoada yangi, undan Ramos va Rafa darajasiga chiqish uchun hammasi bor: u o'z ishini chin dildan bajarishga o'rgangan, bugun u asosiy tarkibda maydonga tushadi. Undan ko'nglim to'q".


La Liga haqida
"Karantindan keyin jamoa ko'p narsaga qodirligini isbotladi. Eyforiyaga berilmaslik zarur, chunki hozircha hech nima yutmadik: hozir biz faqat o'z ishimiz, o'yinimiz va g'alaba haqida o'ylayapmiz".


Rodrigoning jismoniy holati haqida
"Barchasi joyida, u o'z ustida ishlamoqda, muntazam kuchayib bormoqda: Rodrigo – yaxshi yigit, va biz uning kuchli tomonlaridan foydalanyapmiz. Umid qilaman, u shunday davom etadi va yaqin yillar ichida jamoa etakchisiga aylanadi".

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика