So’nggi yangiliklar

14:07U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон – Фаластин. Таркиблар маълум  0 13:40"Атлетик" футболчиси антидопинг қоидасини бузгани учун 10 ойга дисквалификация қилинди  0 13:11Инфантино Эрон АҚШдаги ЖЧда қатнашишига кафолат берди  3 12:45Эшитдик-да! "Бунёдкор" "Олимпия" стадионида ўйнайди  7 12:21"Истиқлол" бош мураббийи Ашурматов ва Машариповнинг жароҳати ҳақида тўхталди  1 11:52Жанни Инфантино: "Шавкат Мирзиёевнинг футболга бўлган муҳаббати сўнгги икки йил ичида янада кучайганини кўриб хурсанд бўлдим"  4 11:25Эронлик эксперт: "Юсуфи майдондан тўғри четлатилди, Алижонов ва пенальти бўйича қарор ҳам ўринли, бироқ..."  30 10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  1 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  5 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  9 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  5 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  13 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  3 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  3 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  26

Zidanning "yashirin quroliga" "Real"da joy topilmay qoldi Yangiliklar

Zidanning "yashirin quroliga" "Real"da joy topilmay qoldi

Kamdan-kam vaziyatlarda zaxira futbolchisi jamoa uchun Lukas Vaskesdek muhim bo'la oladi.

"Real Madrid" sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidanning eng ishongan futbolchilaridan biri bo'lgan ispan uchun, "Santyago Bernabeu"ga Xulen Lopetegi kelgach "qora kunlar" boshlandi.

Lukas "Qirollik klubi"ning yaqin o'tmishdagi ulkan zafarlariga salmoqli xissa qo'shgandi va o'sha mashhur "B rejasi"ning asosiy figuralaridan edi. Lopetegi boshqaruvni qo'lga olgach, o'ng qanot vingeri hali biror marta ham asosiy tarkibda maydonga tushmadi: futbolchi jamoadan uzilib qolgandek xis qilmoqda o'zini. Vaziyat avvalgidan keskin o'zgarganini ham barcha ko'rib, bilib turibdi. Bundan tashqari Vaskes o'yin amaliyoti ham ancha kamaygan.

CHamamda, Lukas – "Real"dan Zidan ketganidan eng ko'p jabrlangan futbolchi bo'lsa kerak. Futbolchi ushbu mavsumda rasmiy uchrashuvlarda 100 daqiqalik dovondan endigina o'tdi. "Espanol"ga qarshi uchrashuvda ham Vaskes bor yo'g'i 27 daqiqa imkoniyatga ega bo'ldi va deyarli hech nima qilib, o'zini ko'rsatib, ulgurmadi.

Zidan davrida Vaskes yorqin o'yinlari bilan tanilib ulgurdi, ammo Lopetegini ayblashga shoshilmang. Sababi Xulen ham vaqtida vingerga katta umid bilan ko'z tikkan va Ispaniya termasi safida unga imkoniyat bergandi.


Ammo endi klubdagi vaziyat boshqacharoq. Vaskes jamoadagi o'rnidan maxrum bo'ldi, u endi – Dani Sebalosga tegishli. SHuningdek, hujumdagi uchlik Garet Beyl-Marko Asensio-Karim Benzema murabbiy uchun o'zgarmasdek tasavvur paydo bo'lmoqda.

O'zi shundoq ham raqobatchilar etarli vaqtda, jamoaga yosh, iqtidorli Vinisius Juniorning kelishi, 27 yoshli ispanga qo'shimcha bosh oqriq bo'ldi. Sababi, Vinisius shunchaki yangi xarid emas, unga "qaymoqranglilar"ning bo'lajak etakchisi, jahon darajasidagi yulduz sifatida qarashmoqda. Avvaliga braziliyalikni hali yosh, kattalar bilan o'yinlarda bir-ikki "ketmoni uchmasa" ruhan sinib qoladi deb "Kastilya"ga jo'natishgandi, ammo Junior o'yini va albatta gollari rahbariyat fikrini o'zgarishiga olib keldi va bugungi (Sevilyaga qarshi) o'yinda ham Vinisius qaydnomaga kiritildi. Voqealar rivoji shunday davom etsa, Lukas Vaskes nafaqat asosiy tarkibdan, balki zaxiradan ham joy topolmay qolishi hech gap emas.

Kim biladi deysiz, balki bu yaxshilikka va futbolchilar o'rtasidagi sog'lom raqobat paydo bo'lishiga xizmat qilar.


Omonjon To'xtamirzaev tarjima qildi


Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика