Zidanning o'g'li faoliyatini Franciyada davom ettirmoqchi
20 dek 2019 15:57
Yangiliklar
Zidanning o'g'li faoliyatini Franciyada davom ettirmoqchi
Santanderning "Rasing" klubida ijarada o'ynayotgan "Real" darvozaboni Lyuka Zidan faoliyatini o'z vatanida davom ettirmoqchi ekanligi haqida gapirdi.
"Men Ispaniyani yaxshi ko'raman, lekin o'zimni francuz deb his qilaman. Men uch yoshimdan beri Ispaniyada yashayman, ammo mening odatlarim francuzcha. Men tatilning ko'p qismini o'z mamlakatimda o'tkazaman, chunki men hali yoshman.
Menga u erdan bir nechta takliflar bo'lgan. Keyingi yil o'z faoliyatimni Franciyada davom ettirishni istardim", - deydi 21 yoshli darvozabon.
Kichik Zidanning "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilning yozida tugaydi va 1 yanvardan boshlab u boshqa klublar bilan muzokaralarni boshlashi mumkin.
Zidan joriy mavsumda Segundada "Rasing" uchun 18ta o'yin o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar