So’nggi yangiliklar

12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  0 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  6 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  7 09:57"Реал" Винисиусни сотмоқчи (Defensa Central)  10 09:16"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  10 08:43Ёзги трансфер ойнасида 300 миллион сарфлаб бўлган "Ливерпуль" "Ювентус" футболчисига таклиф билан чиқди  3 08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  5 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  5 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  2

Zidan kalla qo'ygan futbolchi: Bu inson oldida shlyapamni echaman Yangiliklar

Zidan kalla qo'ygan futbolchi: Bu inson oldida shlyapamni echaman

Italiyalik sobiq futbolchi Marko Materacci payshanba kuni Rossiyaning Sochi shahrida JCH-2018 musobaqasi doirasida yig'ilgan plastik idishlardan tayyorlangan o'ziga xos futbol maydonining ochilish marosimida qatnashdi.

Mahalliy nashrlardan biri Markoning Zidan bilan aloqalari qanday ekanligiga qiziqdi.

«Yo'q, afsuski, u bilan anchadan beri ko'rishmadik. Umuman Zidan bilan aloqalarimiz yaxshi emas. Zidan haqida aytadigan yagona gapim, uni jahon chempioni va murabbiy sifatida erishgan yutuqlari uchun qattiq xurmat qilaman. Bu inson oldida shlyapamni echaman», - deya javob qilgan sobiq himoyachi.

Eslatib o'tamiz, 2006-yilgi mundialning Italiya hamda Franciya o'rtasidagi hal qiluvchi bahsning ekstra taymlarining ikkinchisida Marko Materacci Zidanni haqorat qiladi. Oqibatda, Franciya sardori jahl bilan Markoning ko'krak qismiga kalla bilan zarba berib, uni maydonga qulatadi. Mazkur vaziyat uchun hakam Zidanga qizil kartochka ko'rsatib, o'yindan chetlatadi. O'sha yilgi mundialda esa «Squadra Azzurra» penaltilar seriyasida g'olib bo'lgan holda musobaqaning to'rtinchi chempionlik titulini qo'lga kiritadi. 

Avvalroq, Materacci  Goal.com nashriga bergan intervyusida xatosini tan olib, noto'g'ri ish qilganini tan olgan edi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика