Zidan: "Benzemaning "Atletiko"ga qarshi o'yinda maydonga tushishiga umid qilaman"
03 mar 2021 07:25
Yangiliklar
Zidan: "Benzemaning "Atletiko"ga qarshi o'yinda maydonga tushishiga umid qilaman"
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan hujumchi Karim Benzemaning "Atletiko"ga qarshi o'yinga tiklanishga ulgurishiga umid qiladi.
"Umid qilamanki, Benzema bizga "Atletiko"ga qarshi o'yinda yordam beradi, ammo biz biroz kutishimiz va uning holatini ko'rishimiz kerak, sababi u hali ham umumiy guruh bilan mashg'ulot olib bormayapti.
Ertaga xulosaga kelamiz. Ammo sizga aytmoqchimanki, tiklanish jadvalga muvofiq bo'ladi", - deydi Zidan.
33 yoshli franciyalik futbolchi joriy mavsum "qirollik klubi" tarkibida La Liga doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar