So’nggi yangiliklar

09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  0 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  0 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  7 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  2 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  59 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  10 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  12

JCH-2014. J.Koreya - Jazoir. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. J.Koreya - Jazoir. PREVYU

Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionati tobora qizg'in tus olmoqda.
Bugun “H” guruhida 2-tur bahslari bo'lib o'tadi. O'tgan turda Rossiya bilan durang o'ynagan Janubiy Koreya bugun Jazoirga qarshi to'p suradi.



Ayni paytda J.Koreya ham, Jazoir ham guruhdan chiqish imkoniyatiga ega. Jazoirliklar garchi birinchi turda mag'lubiyatga uchragan bo'lishsa-da, hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. Koreya Rossiya bilan o'yinda o'zidan yaxshi taassurot qoldirdi. Xong Myung Bo shogirdlari Evropa vakiliga qarshi tengma-teng o'yin ko'rsatishdi. Bugungi bahsda esa koreyaliklar murabbiyining bir qator o'zgarishlar qilishi kutilmoqda. Rossiyaga qarshi bellashuvda Park CHu Yong o'z o'yinini namoyish eta olmadi. SHu bois bugungi o'yinda asosiy tarkibda tushmasa kerak. Uning o'rniga tushgan Li Kyun Xo esa ham o'yinni kuchaytirdi, ham darvozabon xatoga yo'l qo'ygan bo'lsa-da gol urishga erishdi. Bugungi uchrashuvda shuningdek Kim SHin Vukning ham maydonga tushishi kutilmoqda. Lekin murabbiy uni ikkinchi taymda tushirsa kerak.  

Jazoir esa avvalgi bellashuvda sensaciya ko'rsatishi mumkin edi, biroq Belgiya bir amallab g'alaba qozona oldi. Vohid Xalilxodjich shogirdlari asosiy etiborni himoyaga qaratib, qarshi hujumda harakat qilishdi. Qolaversa, hisobni ochish ham afrikaliklarga nasib etdi. Lekin Maruan Fellaynining zaxiradan tushishi Belgiya o'yinini kuchaytirdi va o'yinning oxirgi 20 daqiqasida ular ikki bor to'p kirita olishdi. Jazoir termasi to'purari Slimani o'tgan safar zaxiradan tushgandi. Bu gal esa o'yinni asosiy tarkibda boshlashi mumkin. Yoki bo'lmasa hujumda Feguli – Sudani - Marez triosi harakat qilsa kerak.



JCH-2014. “N” guruhi. 2-tur
J.KOREYA - JAZOIR
Portu-Alegri. “Bera-Rio” stadioni.
Bosh hakam: Vilmar Roldan (Kolumbiya)

Taxminiy  tarkiblar
J.Koreya: CHon Son Ren - Li Yon, Kim En Gvon, Xon En Xo, Yun Sok Yon - Ki Son En, Xan Kuk En - Li CHxon En, Ku Ja CHol, Son Xyun Sin - Li Kyun Xo

Jazoir: Mboli - Mustafo, Bugerra, Allish, Gulam - Mejani, Taider, Bentaleb - Feguli, Marez - Slimani

Jarohat olganlar: yo'q
Diskvalifikaciya: yo'q



Xon Myung Bo (J.Koreya termasi bosh murabbiyi):
“Jazoir Belgiya bilan kechgan o'yinda bor kuchi bilan himoyalandi. Lekin ular bizga qarshi ham shunday o'ynashadi deb o'ylamayman. Raqib safida tezkor hujumchilar bor va ular etarlicha muammo tug'dirishi mumkin”.

Vohid Xalilxodjich (Jazoir termasi bosh murabbiyi):
“Biz hujumdagi harakatlarni yaxshilashimiz kerak. Buning uchun raqib darvozasi oldida ko'plab xavfli vaziyatlarni yaratishimiz lozim. Belgiya bilan o'yindan o'zimizga zarur bo'lgan saboqni oldik va Koreyaga qarshi qanday harakat qilishni bilamiz”.

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика