So’nggi yangiliklar

23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  3 23:38"Леванте" — "Барселона". Таркиблар маълум  1 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  6 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:47"Атлетико" — "Эльче". Таркиблар маълум  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0 21:10"Арсенал" Эзени "Кристал Пэлас"дан 60+7,5 млн фунтга сотиб олди  1 20:58Ўзбекистон кубоги 1/4 финал босқичи учрашувларида ишловчи расмийлар билан танишинг  1 20:25Суперлига. Воҳа дербисида "Насаф" "Сурхон"ни мағлуб этди  40 19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  64

JCH-2014. Prevyu. Kolumbiya va Kot-D'Ivuarning ilk to'qnashuvi Yangiliklar

JCH-2014. Prevyu. Kolumbiya va Kot-D'Ivuarning ilk to'qnashuvi

Kolumbiya va Kot-D'Ivuar dastlabki o'yinda g'alaba qozonishdi, shu bois bugungi to'qnashuv guruh g'olibini aniqlab berishi mumkin.
Yaqqol favoriti bo'lmagan guruhda har bir ochko juda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Birinchi o'yinni yutgan jamoalar o'rtasidagi bahsda zafar quchgan jamoa pley-off sari katta qadam tashlaydi. Keyingi bosqich ikkala jamoa uchun tarixiy natijaga aylanadi.

1-tur uchrashuvlari

Kot-d`Ivuar - Yaponiya 2:1 O'yin haqida

Kolumbiya – Greciya  3:0  O'yin haqida




Kolumbiya - Kot-d'Ivuar
19 iyun. 21:00
Bosh hakam:
Xovard Uebb (Angliya)
Yordamchi hakamlar:
Maykl Mallarki (Angliya), Darren Kann (Angliya)
Zaxira hakami:
Viktor Karillo (Peru)

Taxminiy tarkiblar
Kolumbiya
: Ospina - Suniga, Sapata, Yepes, Armero - Sanches, Guarin - Kuardado, Rodriges, Ibarbo - Guterres

Kot D'Ivuar: Barri - Ore, Zokora, Bamba, Boka - Die, Tiote, Yaya Ture - Kalu, Boni, Jervino

Jarohat olganlar: Bakka - YA Konan

Diskvalificiya qilinganlar: yo'q




Uchrashuvdan oldingi fikrlar

Xose Pekerman (Kolumbiya bosh murabbiyi):

"Biz o'z stilimizni saqlab qolishimiz kerak, raqibni hurmat qilamiz. Raqib o'z kuchi va irodasini ishga solishi aniq. Kot D'Ivuarda bir qator etakchi futbolchilar bor, ularga qarshi nihoyatda ehtiyotkor bo'limiz kerak".

Sabri Lyamushi (Kot D'Ivuar bosh murabbiyi):

"Greciyaga qarshi o'yin Kolumbiyadan xavfsirash mumkinligini ko'rsatib berdi. Greklar kuchli himoyaga egalar, Kolumbiya uchta gol urdi. Raqibimizning hujumi juda kuchli, ularga katta bo'sh joy qoldirish kerak emas. Yaponiyaga qarshi bahs bizga ishonch bag'ishladi va pley-offga chiqishimiz mumkin. Uchrashuvdan oldin g'alabaga umid qilamiz".



Qiziqarli faktlar
- Ushbu ikki jamoa hozirga qadar umuman to'qnash kelishmagan. Braziliyadagi bahs o'zaro ilk o'yin bo'lib tarixga kiradi.

- Kolumbiya terma jamoasi hozirga qadar mundiallarda umuman ketma-ket ikkita o'yinni mag'lubiyatsiz o'tkazmagan.

- Kolumbiya 2013 yil sentyabr oyidan buyon mag'lub bo'lmayapti. Ularning mag'lubiyatsiz seriyasida 8taga etdi.

- Kot-D'Ivuar 2013 yil iyul oyidan buyon o'tkazilgan o'yinlarda o'z darvozasidan kamida bitta gol o'tkazib kelmoqda.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика