So’nggi yangiliklar

19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  0 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  7 18:20ЎзФҲМ "Сўғдиёна" – "Динамо" учрашувидаги эҳтимолий пенальти бўйича изоҳ берди  11 18:11Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 1:0 (матнли трансляция)  17 17:463 та голга ассистентлик қилган футболчи, рақибни тор-мор келтирган мураббий, 22 ёшли посбон — Суперлигада 20-турнинг энг яхшилари​  0 17:20Ўзбекистонда футбол соҳаси рақамлаштирилади  5 17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0 17:00“Трастбанк” ходимлари ўртасида “Спартакиада – 2025” спорт мусобақалари ўтказилди  0 16:44Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"да йўқотишлар мавжуд  0 16:18"Футбол олами". "Пахтакор" "Андижон"ни тор-мор этди, "Нефтчи"да йирик ҳисобдаги ғалаба, "Навбаҳор"да жанговар дуранг  1 16:08Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  9 15:50Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади  65 15:30"Реал" "Олтин тўп"га даъвогар футболчини сотиб олиши мумкин  4 15:05Бекзод Маматқулов: "2026 йилдан барча футзал клублари алоҳида юридик ташкилотга айланади. Энди футбол клубларига оғирлиги тушмайди. Роналдиньо билан келишиб олгандик, лекин..."   2

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Greciya Yangiliklar

JCH-2014. Mundial ishtirokchilari - Greciya

Jahon chempionati "S" guruhi vakili Greciya terma jamoasi haqida so'z yuritamiz.


Greciya terma jamoasi deganda ko'pchilik darhol Evro-2004 bahslarini ko'z oldilariga keltirishadi. Aynan o'sha musobaqada Greciya olamshumul natijani qayd etib, butun dunyo futbol jamoatchiligini nazariga tushgandi. Otto Rexagel boshchilik qilgan Greciya o'shanda ilk o'yinda Evropa chempionati mezbonlari Portugaliyani mag'lub etishgan edi. Ko'pchilik buni tasodif deb qabul qilgandi. Lekin nemis mutaxassisi qo'li ostida Greciya keyinchalik Franciyani, CHexiyani va finalda yana o'sha Portugaliyani mag'lub etib, Evropa chempioni degan nomga sazovor bo'lishgan edi. Bu natija Greciya futboli muxlislarini ham esankiratib qo'ygandi. 


O'shanda Otto Rexagelning himoyaviy taktikasi ko'pchilik tomonidan tanqid ostiga olingandi ham. Ammo natija hammasini "yuvib" ketgan va Otto Rexagel Greciya futboli tarixida yangi sahifa ochishga muyassar bo'lgandi. 


Evropa chempionligidan so'ng Greciya o'yinida va natijalarida keskin pasayishlar kuzatildi va jamoada keyinchalik avlodlar almashuvi sodir etildi.
Eng qizig'i, Greciya terma jamoasi shu kungacha bo'lib o'tgan 19 ta mundialning atiga ikkitasida ishtirok etishni uddasidan chiqishgan. Qolgan Jahon chempionatlari oynai-jahon qarshisidan kuzatib borishgan.

Jamoa 1994 yilda AQSHda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida ishtirok etgan va barcha o'yinlarni mag'lubiyat bilan yakunlagan. Keyinchalik 2010 yili JARda o'tkazilgan mundialda ishtirok etishgan va o'z yurishlarini guruh bosqichidayoq to'xtatishga majbur bo'lganlar. Greciya mundialda jami oltita o'yin o'tkazgan va shularning beshtasida mag'lubiyatga uchragan. Faqatgina birgina o'yinda ularga g'alaba nashidasini surish nasib etgan. Bu g'alab JARda Nigeriyaga varshi o'tkazilgan o'yinda qo'lga kiritilgan.



Nihoyat Greciya ketma-ket ikkinchi bor mundial ishtirokchisiga aylandi va bu safar ular o'z ko'rsatkichlarini yaxshilash uchun astoydil kurashishmoqchi ekanliklarini futbolchilar takidlab o'tishmoqda.   

Grek futboli ko'pchilikka yaxshi tanish. Ushbu o'lkadan bir qator taniqli futbolchilar etishib chiqishgan. Bular qatorida Teodoros Zagorakis, Georgios Karagunis, Nikos Nikos Anastopulos, Angelos Xaristeas, Georgios Samaras, Georgios Seytaridis, Kostas Kacunaris, Tryanos Dellas, Georgios Georgiadis, Teofanis Gekas kabi charm to'p ustalarini keltirish mumkin.



Greciya joy olgan guruh deyarli teng kuchli jamoalardan tashkil topgan. Bu guruhda keyingi bosqich uchun bo'ladigan kurash ancha qizg'in va murosasiz bellashuvlarga boy kechishini taxmin qilish mumkin. Greciya esa o'z tarixida ilk bor guruhdan chiqa olish imkoniyatidan foydalanishga harakat qilib ko'rishi aniq. 


Greciyani ketma-ket ikkinchi bor Jahon chempionatida ishtirok etayotgani ham ularda hozir hammasi risoladagidek kechayotganidan dalolat beradi.



Greciya terma jamoasi haqida:

Tashkil topgan yil: 1929

Mintaqasi: Evropa

Bosh murabbiy: Fernandu Santush (Franciya)

Jamoa sardori: Konstantinos Kacunaris

Eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi
: Georgios Karagunis (128 o'yin)

Eng yaxshi to'purar
: Nikos Anastopulos (29 gol)

FIFA reytingidagi o'rni: 12

Ilk o'yin
: Greciya - Italiya 1:4 (1929 yil)

Eng yirik g'alaba
: Greciya - Suriya 8:0 (1949 yil)

Eng yirik mag'lubiyat: Vengriya - Greciya 11:1 (1938 yil)

Erishgan yutuqlari
:

Evropa chempioni: 2004




Greciya terma jamoasining yakuniy tarkibi:

Darvozabon: Orestis Karnezis ("Granada", Ispaniya), Panayotis Glikos (PAOK), Stefanos Kapino ("Panatinaikos");

Himoyachilar
: Xose Xolebas, Yannis Maniatis, Kostas Manolas (barchasi – "Olimpiakos"), Sokratis Papastatopulos ("Borussiya" D, Germaniya), Giorgos Cavellas (PAOK), Lukas Vintra ("Levante", Ispaniya), Vasilis Torosidis ("Roma", Italiya), Vangelis Moras ("Verona", Italiya);

Yarim himoyachilar: Aleksandros Ciolis ("Kayserispor", Turciya), Andreas Samaris ("Olimpiakos"), Kostas Kacuranis (PAOK), Georgios Karagunis ("Fulxem", Angliya), Panayotis Taxcidis ("Torino", Italiya), Yannis Fetfacidis ("Djenoa", Italiya), Lazaros Kristodolopulus, Panayotis Kone (ikkisi – "Bolonya", Italiya);

Hujumchilar
: Dimitris Salpingidis (PAOK), Georgios Samaras ("Seltik", SHotlandiya), Kostas Mitroglu ("Fulxem", Angliya), Fanis Gekas ("Konyaspor", Turkiya). 


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика