So’nggi yangiliklar

13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  0 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  3 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  4 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  1 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  13 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  3 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  0 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  3 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  3 08:25Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳо олишди?  5 07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  16 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  9 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  20

“Trastbank” xodimlari o'rtasida “Spartakiada – 2025” sport musobaqalari o'tkazildi Yangiliklar

“Trastbank” xodimlari o'rtasida “Spartakiada – 2025” sport musobaqalari o'tkazildi

Teglar :  Trastbank
2025 yil 16-17- va 23 avgust kunlari Toshkent shahrida “Trastbank” xususiy akciyadorlik banki tizimida faoliyat yurituvchi xodimlar o'rtasida “Spartakiada – 2025” sport musobaqalari o'tkazildi.

Ko'tarinki kayfiyat va zo'r ishtiyoq bilan ishtirok etgan jamoalar sportning bir nechta turi bo'yicha o'zlarining mahoratini namoyon etishdi. Bu, albatta, “Trastbank”da sog'lom turmush tarzini shakllantirish, moliya muassasasi xodimlarining sportga bo'lgan qiziqishini oshirish borasida muntazam ravishda amalga oshirib kelinayotgan ishlarning samarasidir.  

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi hamda “Trastbank” XABning 31 yilligi arafasida o'tkazilgan “Spartakiada – 2025” sport musobaqalarida 1000 nafarga yaqin xodimlar qamrab olindi. Uch kun davom etgan bellashuvlarda Bosh ofis hamda hududlardagi bank xizmatlari ofislari jamoalari yakdillik bilan qatnashib, do'stlik rishtalarini yanada mustahkamlashdi.



Tanatanali taqdirlash marosimida so'zga chiqqan “Trastbank” XAB Boshqaruv Raisi S.Normuxamedov ishtirokchilarni ushbu sport bayrami bilan tabrikladi. Qolaversa, hamkasb-xodimlarning viloyatlar, respublika miqyosida o'tkazib kelinayotgan turli sport musobaqalarida faxrli o'rinlarni egallab kelishlarini alohida etirof etdi. “Spartakiada” o'yinlari esa moliya muassasasida jamoaviy ruh, birdamlikni oshirishiga xizmat qilishini takidlab, barcha ishtirokchilarni, g'olib jamoalarni muvaffaqiyat bilan qutladi.

Qizg'in bahslar, qatiyatli o'yinlarga boy tarzda o'tgan “Spartakiada – 2025” sport musobaqalarida ishtirokchilar va ularning muxlislari chinakam manoda zavq tuydi. Ishtirokchilar sportning suzish, engil atletika, shaxmat, stol tennisi, mini futbol, basketbol, voleybol turlari bo'yicha o'zaro bellashishdi.



Stol tennisida “Andijon” BXO yuqori natija bilan birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rinni “Buxoro” BXO zabt etdi. “Termiz” BXO esa shohsupaning uchinchi o'rnidan joy oldi.

Shaxmatda Amaliyot boshqarmasi jamoasi raqiblarini mot qilib, shohsupaning yuqori o'rnidan joy oldi. Zukkoligi bilan ajralib turgan “Buxoro” BXO ikkinchi va “Toshkent” BXO esa uchinchi o'ringa munosib deb topildi.

“Spartakiada – 2025” bellashuvlarida yangi qo'shilgan sportning suzish turi bo'yicha “Andijon” BXO peshqadamlik qildi. Yani masofani “Andijon” BXO 30.78, Bosh ofis 31.10, “Termiz” BXO esa 32.79 muddatda bosib o'tdi.



Joriy yilgi “Spartakiada” musobaqalarida sportning engil atletika turi ham kiritilgan bo'lib, ishtirokchilar kuch va chaqqonlik bo'yicha mahoratini namoyon qilishdi. “Sport qiroli” deya atalmish engil atletika bellashuvlari qizg'in davom etdi. 400 metrga yugurgan jamoalar orasidan eng chaqqonlar aniqlandi. Marraga dastlab “Namangan” BXO vakillari etib kelib, shohsupaning yuqori pog'onasini zabt etdi. Amaliyot boshqarmasi ikkinchi, “Andijon” BXO vakillari esa uchinchi o'rinni egalladi.

Erkaklar qatori xotin-qizlar ham sportning turli yo'nalishlarida faol qatnashdi. Stol tennissi, voleybol, basketbol, shaxmatda yuqori ko'rsatkichlarni qayd etdi. Ayollar o'rtasida o'tkazilgan voleybol o'yinlari ham shiddatli tus oldi. Qayd etilgan natijalar quyidagicha:

1-o'rin – “Andijon” BXO
2-o'rin – “Namangan” BXO
3-o'rin – “Termiz” BXO

Erkaklar o'rtasida o'tkazilgan voleybol o'yinlarida “Andijon” BXOning qo'li baland kelib, shohsupaning eng yuqori o'rnini band etdi. Ikkinchi pog'onadan “Darxon” BXO joy oldi. Uchinchi o'rinni esa “Termiz” BXO egalladi.



Navbatdagi bellashuvlar – sportning basketbol turi. Shohsupaning birinchi pog'onasidan “Yakkasaroy” BXO jamoasi joy oldi. Ikkinchi o'rinni “Namangan” BXO, uchinchi o'rinni esa “Samarqand” BXO egalladi.

“Spartakiada – 2025” sport musobaqalarida jamoalar va ularning muxlislari mini futbol bo'yicha bellashuvlarni zo'r ishtiyoq bilan tomosha qilishdi. Finalda “Andijon” va “Raqamli” bank xizmatlari ofislarining to'psurarlari tomoshabinlarga qiziqarli o'yin namoyish etdi. “Andijon” BXO jamoasida 7 raqamda o'ynagan Ahrorjon Alijonov dastlabki golni tuhfa etdi. Unga javoban xuddi shunday 7 raqamda to'p surgan “Raqamli” jamoasidan Isroil Hikmatov raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Bellashuvlar shiddatli tarzda davom etdi. Andijonlik Husanboy Usmonovning goli yakuniy g'alaba sifatida qabul qilindi. Umumiy hisob 4:2. “Raqamli” BXO jamoasi “Andijon” BXOga mag'lub bo'ldi.  Shunday qilib, boburiylar avlodi andijonliklar keldi va kubogni olib ketdi…



Darhaqiqat, sport – do'stlik, tinchlik elchisi. Mazkur tadbir xodimlarning do'stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga zamin yaratdi. Andijonliklar qoraqalpog'istonlik hamkasblarini, xuddi shunday vohaliklar vodiylik kasbdoshlari bilan yanada yaqin tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Shuningdek, ananaviy tarzda o'tkazib kelinadigan “Spartakiada” o'yinlari xodimlarning ishtiyoqiga ishtiyoq, shijoatiga shijoat qo'shdi.
Barchaga zafar onlari, g'oliblik kubogi muborak bo'lsin.

“Trastbank” XAB
Axborot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика