So’nggi yangiliklar

23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:38"Леванте" — "Барселона". Таркиблар маълум  3 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  6 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:47"Атлетико" — "Эльче". Таркиблар маълум  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0 21:10"Арсенал" Эзени "Кристал Пэлас"дан 60+7,5 млн фунтга сотиб олди  1 20:58Ўзбекистон кубоги 1/4 финал босқичи учрашувларида ишловчи расмийлар билан танишинг  1 20:25Суперлига. Воҳа дербисида "Насаф" "Сурхон"ни мағлуб этди  40 19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 19:32"Ал Аҳли" — Саудия Арабистони Суперкубоги соҳиби. Роналду ва "Ал Насср" яна соврин ютолмади  64

JCH-2014. Luis Suares Angliyani mag'lub etdi Yangiliklar

JCH-2014. Luis Suares Angliyani mag'lub etdi

Dastlabki turda mag'lub bo'lgan Urugvay va Angliya terma jamoalari ikkinchi turda to'qnash kelishdi.
Birinchi bo'limda ikkala jamoada gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Luis Suaresning burchakdan to'g'ri darvozaga yo'llagan zarbasini Xart Qaytardi. 9-daqiqada Runi kuchli zarba bilan hisobni ochishga yaqin kelgandi, to'p darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi.

30-daqiqada Runi boshi bilan 2 metr masofadan to'pni darvoza to'siniga yo'lladi.

38-daqiqada o'yindagi ilk gol urildi. Edinson Kavani tomonidan oshirilgan nozik pasni Suares boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 1:0. 



50-daqiqada Kavani birga bir vaziyatga chiqib bordi va darvozaga zarba berdi, to'p noaniq ketdi.

53-daqiqada Runi 9 metrlardan darvozaga zarba berdi, Muslera to'pni qaytardi.

75-daqiqada Ueyn Runi Jahon chempionatlaridagi o'zining ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi. Glen Jonson o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, Ueyn Runi darvozabon qarshisida qolib darvozaga gol urdi va kaminani muzqaymoqqa tushirdi - 1:1.



85-daqiqada Muslera to'pni oldinga tepib berdi, to'p raqib jarima maydoni yonidagi Suaresga borib tushdi, uning chap oyog'i bilan yo'llagan zarbasi darvozaga kirib ketdi - 2:1.

So'nggi daqiqalarda Angliya katta kuch bilan oldinga o'tdi, so'nggi daqiqada Jo Xartning hujumga borishi ham yordam bermadi.



Urugvay o'zining ilk uch ochkosini qo'lga kiritdi. Angliya esa ketma-ket ikkinchi uchrashuvni ham yutqazib keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi. Italiya - Kosta-Rika o'yinidan so'ng ko'p narsaga oydinlik kiritiladi.
 
JCH-2014. “D” guruhi. 2-tur
Urugvay – Angliya 2:1
San-Paulu. “Arena Korintians” stadioni.
Bosh hakam:
Karlos Velasko (Ispaniya)
Yordamchi hakamlar: Roberto Alonso Fernandez (Ispaniya), Xuan Yuste (Ispaniya).
Zaxira hakami: Alirizo Fag'oni (Eron)

GOLLAR: Luis Suares 38, 85 - Ueyn Runi 75

Urugvay: Muslera,Ximenes, Godin, Kaseres, A. Pereyra, Arevalo Rios, Lodeyro (Stuani, 66), Gonsalez, K. Rodriges, Suares (Koates, 87), Kavani

Angliya: Xart, G. Jonson, Yagielka, Keyxill, Beyns, Jerrard, Xenderson (Lambert, 89), Uelbek, Runi, Sterling (Barkli, 63), Starrij

Ogohlantirishlar: Godin 9 - Jerrard 68.


#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NO
1Kosta-Rika11003 - 123
2Italiya11002 - 113
3Urugvay21013 - 4-13
4Angliya20022 - 4-20



Narzulla Saydullaev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика