So’nggi yangiliklar

14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  0 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  0 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  2 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  3 11:32Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоага илк маротаба чақирилганимдан хурсандман"  1 11:16"Тоттенхэм" Мэддисон ўрнига бошқа футболчи топди  1 10:51Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи йиллик истагини маълум қилган  10 10:20"Барселона" ёзда сотиб олган футболчини Туркия клубига ижарага бермоқчи  1 09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  11 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  2

JCH-2014. Italiya – Urugvay. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Italiya – Urugvay. PREVYU

Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatining “D” guruhida bugungi oxirgi tur bahslari o'tkaziladi.
Italiya Urugvay bilan bellashsa, Kosta-Rika Angliyani sinovdan o'tkazadi. Mazkur guruhda hech kim kutmagan Kosta-Rika 6 ochko jamg'argan holda birinchi o'rinda ketyapti. Italiya va Urugvay hisobida esa uch ochkodan bor. Oxirgi o'rinda borayotgan Angliya esa hali ochko yig'madi.

Ushbu guruhdan Kosta-Rika chiqib bo'ldi. Ikkinchi jamoa kim bo'lishi esa bugun malum bo'ladi. O'zaro o'yindan keyin yo Italiya yo Urugvay musobaqa bilan xayrlashadi.



Aslini olganda, har ikkala jamoa ham guruhdan chiqishga haqli, biroq bu - futbol va kimdir JCHni tark etadi. Axir kim o'ylabdi deysiz, Kosta-Rikaning dastlabki ikki turda 6 ochko jamg'arishini. Avvalgi ikki uchrashuvda CHezare Prandelli shogirdlari ikki xil o'yin ko'rsatishdi, Angliya bilan bahsda ular g'alaba qozongan bo'lsa, Kosta-Rika bilan kechgan o'yinda italyanlar hech narsa qila olishmadi.

Italiyalik jurnalistlarning yozishicha, terma jamoa ustozi bugungi o'yinda bir qator yangi futbolchilarni maydonga tushirmoqchi. Murabbiyni o'ylantirayotgan eng asosiy masala esa qanday qilib Suraes - Kavani juftligini to'xtatib qolish bo'lyapti. Italyanlar himoyasida “Yuventus” uchligining to'p tepishi kutilmoqda: Barcali – Bonuchchi - Kellini. Maydon markazida ham shunday uchlik harakat qiladi: Pirlo – Verratti - Markizio. SHuningdek, hujumda kimdir Balotelliga yordam berishi kerak bo'ladi. O'tgan o'yinda Kassano, CHerchi va Insine o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qila olishmadi. SHu sabab bugun Immobile asosiy tarkibda tushsa kerak.

Urugvay termasi ustozi Oskar Tabares hech qanday katta o'zgarishni amalga oshirmasa kerak. CHunki uning jamoasi avvalgi bahsda yaxshi harakat qildi. Maksi Pereyra diskvalifikaciya sababli bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi. SHuningdek, Forlan bilan Diego Lugano ham tarkibdan chetda qolishadi. Lekin Luganoni murabbiy tushirishi ham mumkin, chunki u jamoa sardori hisoblanadi.



Avvalgi ikki bahs Suaressiz jamoa bilan Suares o'ynaydigan Urugvay orasidagi farqni ko'rsatib berdi. Luis Suares hozir ham o'zining optimal formasida emas, biroq shunga qaramay u yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. Bemalol aytish mumkin, bugun ham Suares ilk daqiqalardan maydonga tushadi va jamoa o'yini uning atrofida quriladi.

JCH-2014. “D” guruhi. 3-tur
ITALIYA – URUGVAY
Natal. “Das Dunas” stadioni
Bosh hakam: Marko Rodriges (Meksika)

Taxminiy tarkiblar

Italiya: Buffon - Barcali, Bonuchchi, Kellini - Kandreva, Pirlo, Verratti, Markizio, Darmian - Immobile, Balotelli

Urugvay: Muslera - Kaseres, Ximenes, Godin, A.Pereyra - Gonsales, Rios, Rodriges - Lodeyro - Suares, Kavani

Jarohat olganlar: De Rossi - Lugano (so'roq ostida)
Diskvalifikaciya: Maksi Pereyra (Urugvay)



CHezare Prandelli (Italiya termasi bosh murabbiyi):
“Raqib yaxshi o'yin ko'rsatmoqda, ularning Angliyaga qarshi bahsini ko'rib chiqdik. Lekin biz ham bu erga futbol o'ynash uchun kelganmiz va Urugvayga munosib qarshilik ko'rsatish qo'limizdan keladi”.

Oskar Tabares (Urugvay termasi bosh murabbiyi):
“Hozircha ikkita o'yinning bittasida g'alaba qozondik, endi bor umid uchinchi bahsdan. Menimcha, biz Italiyani mag'lub eta olamiz. SHogirdlarim o'yinga tayyor”.

Qiziqarli faktlar
-   Jahon chempionatlarida Italiya Janubiy Amerika jamoalaridan faqat uch marta mag'lub bo'lgan. Oxirgi mag'lubiyat JCH-78da uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda Braziliya bilan kechgan bellashuvda ro'y bergandi.
-   Urugvay ushbu jahon chempionatida raqiblar darvozasi tomon jami besh marta zarba berib uchta gol urdi.
-   Jahon chempionatida shu kungacha ettita o'yin o'tkazgan Luis Suares hisobida hozircha beshta gol bor

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика