So’nggi yangiliklar

17:06Йўлдошев, Ресан, Эркинов, Педро, Кожо... Суперлига 20-тур рамзий терма жамоаси  0 17:02Про лига. "Олимпик" "Олимпик-MobiUz" билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)   0 17:00“Трастбанк” ходимлари ўртасида “Спартакиада – 2025” спорт мусобақалари ўтказилди  0 16:44Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"да йўқотишлар мавжуд  0 16:18"Футбол олами". "Пахтакор" "Андижон"ни тор-мор этди, "Нефтчи"да йирик ҳисобдаги ғалаба, "Навбаҳор"да жанговар дуранг  1 16:08Туркманистон терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  7 15:50Манба: Ўзбекистон МТЖ янги бош мураббийи масаласи тез орада ҳал бўлади  56 15:30"Реал" "Олтин тўп"га даъвогар футболчини сотиб олиши мумкин  2 15:05Бекзод Маматқулов: "2026 йилдан барча футзал клублари алоҳида юридик ташкилотга айланади. Энди футбол клубларига оғирлиги тушмайди. Роналдиньо билан келишиб олгандик, лекин..."   2 14:36"Ливерпуль" билан ўйин олдидан "Арсенал" мухлислари учун нохуш хабар  4 14:16Ўзбекистон Кубогида қайси жамоа ғолиб чиқади? Сунъий интеллект жавоб берди  12 13:49Расман: CAFA мусобақаси тақвими тақдим этилди  12 13:02Артета АПЛ юлдузининг "Арсенал"га ўтишида асосий сабабчи бўлган  3 12:35АПЛ клуби янги стадионга кўчиб ўтди  6 12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  12

JCH-2014. Germaniya – Jazoir. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. Germaniya – Jazoir. PREVYU

Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o'rin olgan uchrashuvlar davom etadi.
1 iyulga o'tar kechasi Germaniya terma jamoasi Portu-Alegrida joylashgan “Beyra-Rio” stadionida Jazoirga qarshi bahs olib boradi. G'alaba qozongan jamoa chorak finalga yo'l oladi, mag'lub bo'lgan tomon esa uyiga qaytib ketadi.

Hech shubhasiz aytish mumkin, Jazoir terma jamoasi mundial kashfiyotlaridan biri bo'ldi. Jamoa bosh murabbiyi Vohid Xalilxodjich qo'l ostida eng kuchli futbolchilarni to'play oldi. Qolaversa, Jazoir joy olgan guruhni kuchli deb bo'lmasdi, shu bois ularning keyingi bosqichga yo'l olishi u qadar shov-shuv sifatida qabul qilinmadi. Lekin jazoirliklar ko'pchilikni o'zlariga qaratgani bor gap.



Jazoir Afrika vakillari orasida keyingi bosqichga yo'l olgan Nigeriya bilan birga ikkinchi jamoa bo'ldi. Belgiya bilan kechgan bahsda Xalilxodjich shogirdlari ajoyib tarzda himoyalana olishdi. Janubiy Koreyaga qarshi bellashuvda esa ular hujumkor variantni tanlashdi. Rossiyaga qarshi o'tgan oxirgi o'yinda esa ruslar bilan tengma-teng harakat qilishdi va yakunda o'zlariga kerakli bo'lgan natijani qo'lga kiritishdi.

Germaniya terma jamoasi ham guruh bahslarini ko'tarinki kayfiyatda o'tkazdi. To'g'ri, muammolar bo'ldi. Masalan, Gana bilan o'yinda kutilmagan durang qayd etildi. SHunga qaramay, nemislarni hech kim tanqid qilgani yo'q. CHunki ular o'z uslubiga sodiq qolgan holda harakat qilishdi va oxirgi turda AQSHni mag'lub etishdi. Yashirishning hojati yo'q, Germaniya bu safar ham favorit hisoblanmoqda, lekin shu o'rinda Jazoirni ham kamsitish kerak emas. Bu jamoa himoyadan hujumga tez o'ta oladi, qolaversa, vaziyatlardan unumli foydalanishni biladi. Bu esa Germaniya uchun muammo tug'dirishi mumkin.

Ayni paytda hech bir jamoada tarkib bo'yicha deyarli muammo yo'q. Jazoirda hamma o'yinchilar sog', Germaniyada esa birgina Lukas Podolski jarohat olgan. SHu bois bu futbolchi navbatdagi bellashuvda ishtirok eta olmaydi.



JCH-2014. 1/8 final
GERMANIYA – JAZOIR
Portu-Alegri. “Beyra-Rio” stadioni
Bosh hakam: Sandro Richchi (Braziliya)

Taxminiy tarkiblar

Germaniya: Noyer - Boateng, Mertezaker, Xummels, Xovedes - Lam, SHvaynshtayger, Kroos - Ozil, Myuller, Gyotce.

Jazoir: Mboli - Mandi, Alish, Bugerra, Mesba - Mejani, Bentaleb - Feguli, Braimi, Jabu - Slimani



Yoaxim Lyov (Germaniya termasi bosh murabbiyi):
“Jazoirga qarshi o'yin oson bo'lmaydi. Men ular ishtirokidagi bahslarni ko'rib chiqdim va shuni aytishim mumkin, biz tajovuzkor o'yin namoyish etadigan jamoaga qarshi kurash olib boramiz. Keyingi bosqichga chiqish uchun bor kuchni ishga solishimiz darkor”.

Vohid Xalilxodjich (Jazoir termasi bosh murabbiyi):
“Biz kichkina Jazoirmiz, lekin katta Germaniyaga qarshi o'ynaymiz. Turnirdagi to'rtinchi o'yinimiz hammasidan qiyin kechsa kerak”.

Qiziqarli faktlar
-   Germaniya shu paytgacha Jazoirga qarshi ikki marta o'ynagan va ikkalasida ham mag'lub bo'lgan
-   Germaniya oxirgi uchta jahon chempionatida yarim finallarda ishtirok etib kelmoqda. Ketma-ket to'rtinchi marta chiqsa jahon rekordi o'rnatiladi.

X.Xoliqov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика