O'zbekiston U-23 terma jamoasining U-23 Osiyo Kubogi saralashi uchun tarkibi malum
25 avg 12:11
Yangiliklar
O'zbekiston U-23 terma jamoasining U-23 Osiyo Kubogi saralashi uchun tarkibi malum
Jamoa 30 avgust sanasida U-23 Osiyo Kubogi saralashida ishtirok etish uchun Bishkekka yo'l oladi. Ravshan Haydarov shogirdlari saralashda Shri-Lanka, Qirg'iz Respublikasi va Falastinga qarshi bahs olib boradi.
Bosh murabbiy tomonidan yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing.
Darvozabonlar: Otabek Boymurodov ("Buxoro"), Samandar Muratbaev ("Olimpik-MobiUz"), Edem Nemanov ("Dinamo").
Himoyachilar: Diyor Ortiqboev ("Xorazm"), Otabek Ahadov ("So'g'diyona"), Izzatillo Po'latov ("Buxoro"), Mahmud Mahamadjonov ("Dinamo"), Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor"), Saidafzalxon Axrorov (OKMK), Jahongir O'rozov ("Dinamo"), Dilshod Abdullaev ("Paxtakor"), Zafarmurod Abdiraxmatov ("Nasaf").
Yarim himoyachilar: Umarali Rahmonaliev ("Sabah", Ozarbayjon), Behruz Asqarov ("Paxtakor"), Ravshan Xayrullaev ("Buxoro"), Sherzod Esanov (klubsiz), Sardorbek Bahromov ("Nasaf"), Oybek O'rmonjonov ("Dinamo"), Muhammadali O'rinboev ("Antverpen", Belgiya), Nodir Abdurazzoqov (OKMK), Asilbek Jumaev ("Surxon").
Hujumchilar: Aziz Xolmurodov (OKMK), Samandar Mavlonqulov ("So'g'diyona"), Rustam Turdimurodov ("Andijon").

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar