So’nggi yangiliklar

00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  0 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  10 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:56АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар эълон қилинди  3 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  101 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0 18:39Ямаль ва жамоадошлари Фликка қулоқ солмаяпти(ми)?! Бундай камбэклар "Барселона"нинг устунлиги эмас, заифлигини билдиради  18 18:20ЎзФҲМ "Сўғдиёна" – "Динамо" учрашувидаги эҳтимолий пенальти бўйича изоҳ берди  25

JCH-2014. Argentina so'nggi soniyalardagi gol evaziga chorak finalga chiqdi Yangiliklar

JCH-2014. Argentina so'nggi soniyalardagi gol evaziga chorak finalga chiqdi

Argentina terma jamoasi qo'shimcha bo'limlarning so'nggi daqiqasida urilgan gol evaziga chorak finalga chiqdi.
SHveycariyaga qarshi o'yindan oldin barcha Messi va uning jamoasini chorak finalga osonlik bilan chiqishini taxmin qilgandi. Biroq ushbu mundial bunday taxminlar uchun emasligini isbotlashda davom etmoqda.

27-daqiqada o'yinning eng birinchi xavfli vaziyatini Granit Jaka yuzaga keltirdi. Jarima maydoni ichidan darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Romero qaytardi.



38-daqiqada Drmich hisobni ochishga yaqin kelgandi. U birga bir vaziyatga chiqib borib to'pni Romeroning qo'llariga yo'llab qo'ydi.

Ikkinchi bo'lim boshida Roxoning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Benalo qaytardi. 62-daqiqada Iguainning zarbasini darvozabon bartaraf etdi, oradan 5 daqiqa o'tgach Messining zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

78-daqiqada Messi jarima maydoni ichida to'pni darvozaga yo'lladi, posbon to'pni qaytardi! O'yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi.

Uchrashuv taqdirini hal qilgan vaziyat 118-daqiqada sodir bo'ldi. Barcha penaltilar seriyasiga tayyor bo'lib turgan vaqtda Lixtshtayner to'pni yo'qotib qo'yadi, Messi to'p bilan oldinga o'tib o'ng qanotda bo'sh turgan Di Mariyaga uni oshirdi. Yarim himoyachining chap oyog'i bilan yo'llagan zarbasi darvozadan o'rin oldi - 1:0.



So'nggi soniyalarda SHveycariya katta kuch bilan oldinga bordi. Qanotdan oshirilgan to'pni Dzemaili boshi bilan darvozaga yo'lladi, to'p ustunga tegib yana o'ziga qaytdi va zarba noaniq ketdi.

SHunday qilib Argentina chorak finalga yo'llanma oldi. Uning raqibi Belgiya va AQSH o'rtasidagi o'yinda malum bo'ladi.



Argentina - SHveycariya 1:0
1 iyul. 21:00
Bosh hakam:
Yunas Eriksson (SHveciya)
Yordamchi hakamlar: Matias Klasenius (SHveciya), Daniel Varnmark (SHveciya)
Zaxira hakami: Sveyn Oddvar Mun (Norvegiya).

GOL: Di Mariya 118

Argentina: Romero, Sabaleta, Garay, Fernandes, Roxo (Basanta, 105), Gago (Bigliya 106), Maskerano, Di Mariya, Messi, Lavessi (Palasio, 74), Iguain

SHveycariya: Benalo, Lixtshtayner, SHer, Juru, Rodriges, Bexrami, Inler, Jaka (Fernandes, 65), SHakiri, Mexmedi (Dzemaili, 113), Drmich (Seferovich, 82)

Ogohlantirishlar: Jaka 36, Fernandes 72, Di Mariya 119, Garay 120+3


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика