So’nggi yangiliklar

09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  0 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  0 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  8 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  2 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  60 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  10 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  12

JCH-2014. AQSH - Portugaliya. PREVYU Yangiliklar

JCH-2014. AQSH - Portugaliya. PREVYU

Braziliyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionati tobora qizg'in tus olmoqda.
Bugun “G” guruhida 2-turdan o'rin olgan AQSH - Portugaliya bahsi bo'lib o'tadi.

Xabaringiz bor, kecha Germaniya Ganaga qarshi to'p surib, mazkur bahsda 2:2 hisobi qayd etildi. Guruhda Germaniya 4 ochko bilan birinchi o'rinda boryapti. AQSH hisobida 3ochko bor. Gana endi bir ochkosini qo'lga kiritdi. Portugaliya hisobida esa hozircha nol ochko bor. SHu bois ham AQSH bilan kechadigan o'yin Portugaliya uchun juda muhim hisoblanadi. Birinchi turda Germaniyadan 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchragan Portugaliya ruhiy tushkunlikdan chiqib keta oldimi? Ular bugungi bahsga tayyormi? Buni esa uchrashuv davomida bilib olamiz.



Agar Portugaliya yana mag'lubiyatga uchrasa jahon chempionati bilan xayrlashadi. Mabodo AQSH g'alaba qozongudek bo'lsa, unda guruhdan chiqish masalasini hal qiladi. Avvaliga AQSHni guruh autsayderi deyishgandi, biroq Yurgen Klinsmann shogirdlari kutilmaganda Ganani mag'lub etib o'ziga xos shov-shuvni yuzaga keltirishdi.

Ushbu g'alabadan so'ng ko'pchilik AQSHni jiddiy ola boshladi. Mutaxassislarning taxmin qilishicha, AQSH terma jamoasi Portugaliya bilan bo'ladigan o'yinni Ganaga qarshi to'p surgan tarkib bilan boshlaydi. Yani, asosiy tarkibda o'zgarish bo'lmaydi. Faqat jarohat olgan Altidor maydonga tushmasligi mumkin. Maydon markazida Bredli harakat qiladi, hujumda esa Dempsi o'ynaydi.

Portugaliyada o'zgarishlar ko'proq bo'lishi tabiiy hol. O'tgan o'yinda jarohat olgan Fabio Koentrau uchun JCH tugadi. Bundan tashqari, diskvalifakciya tufayli Pepe ham maydonga tusha olmaydi. SHuningdek, Rui Patrisiu, Ugu Almeyda kabi futbolchilar ham o'ynamasa kerak. Bruno Alveshning maydonga tushish-tushmasligi so'roq ostida. Jamoa yulduzi Krishtianu Ronalduning ham sog'lig'ida muammolar borligi aytilmoqda.



JCH-2014. “G” guruhi. 2-tur
AQSH - PORTUGALIYA
Manaus. “Amazoniya” stadioni.
Bosh hakam: Nestor Pitana (Argentina)

Taxminiy tarkiblar

AQSH: Xovard - Jonson, Kameron, Besler, Bizli - Bekerman, Bedoyya, Jons, Bredli - Dempsi, Yoxansson

Portugaliya: Eduardu - Joau Pereyra, Rikardu Koshta, Netu, Andre Almeyda - Villiam Karvalo, Joau Moutino, Raul Meyrelesh - Nani, Eder, Ronaldu.

Jarohat olganlar: Altidor - Brunu Alvesh, Ruy Patrisiu, Koentrau, Ugu Almeyda
Diskvalifikaciya: Pepe (Portugaliya)



Yurgen Klinsmann (AQSH termasi bosh murabbiyi):
“Maqsadimiz - g'alaba qozonish va men ishonamanki, biz Portugaliyani enga olamiz. Jamoamiz oldiga guruhdan chiqish vazifasi qo'yilgan va buni uddalash uchun bor kuchni ishga solamiz”.

Paulu Bentu (Portugaliya termasi bosh murabbiyi):
“Vaziyat oddiy: yoki yutamiz yoki narsalarni yig'ishtirib uyga qaytamiz. Agar durang o'ynasak baribir uyga qaytishga to'g'ri keladi. Lekin Portugaliya uchun guruhdan chiqa olmaslik uyat bo'ladi. Men shogirdlarimga ishonaman, biz oxirigacha kurashamiz”.

X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика