So’nggi yangiliklar

09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  0 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  0 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  0 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  11 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  2 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  62 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  10 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4

Jazoir Koreyaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi Yangiliklar

Jazoir Koreyaga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Bu safargi jahon chempionati kutilgan va kutilmagan natijalarni taqdim etishda davom etmoqda.

Ushbu bellashuv natijasi kimdir uchundir kutilgan va yana kimdir uchun kutilmagan bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Janubiy Koreya terma jamoasi Rossiyaga qarshi kechgan birinchi tur bahsida o'zini ancha yaxshi tomonlama ko'rsata olgan va ko'pchilikni diqqatini qozonishgan edi. Jazoir ham Belgiyaga etarlicha qarshilik ko'rsatishga intilgan, ammo so'nggi pallada imkoniyat boy berib qo'yishgandi. 


Ushbu jamoalarning o'zaro bahsida imkoniyatlar deyarli teng taqsimlanayotgandi. Ammo bellashuvni katta ishtiyoq va kuch bilan boshlagan jozoirliklar ketma-ketlik bilan Janubiy Koreya darvozasini ishg'ol etishdi va birinchi bo'limdayoq kim kuchliroq ekanligini isbotlashdi. Slimani, Xallish va Jaboularning kiritgan gollari tabloda yirik hisobni keltirib chiqardi. 


Ikkinchi bo'limda esa koreyaliklar oradagi farqni qisqartirishga erishishdi va qalblarida umid uchquni uyg'ongandek bo'lgandi. Son Xen Minning kiritgan goliga Braximi yana gol bilan javob qaytara oldi va Janubiy Koreya jamoasi umidlarini puchga chiqardi. Ku Ja CHol oradagi farqni yana bittaga qisqartirishiga qaramay, Jazoir ishonchli g'alabaga erishdi va o'z imkoniyatlarini yana qaytadan tiklab oldi.


JCH-2014. “N” guruhi. 2-tur 
J.KOREYA - JAZOIR 2:4
Portu-Alegri. “Bera-Rio” stadioni.
Bosh hakam:
Vilmar Roldan (Kolumbiya)

GOLLAR:
Son Xen Min 50, Ku Ja CHol 72 - Slimani 26, Xallish 29, Jabou 39, Braximi 63

Janubiy Koreya:
1.Jung Sung Ryon, 3.Yun Sok En, 5.Kim En Gvon, 9.Son Xen Min, 10.Park CHu En (Kim SHin Vuk, 57), 12.Li En, 13.Ku Ja CHol, 14.Xan Guk En (Ji Don Von, 78), 16.Ki Son En, 17.Li CHun En (Li Kun Xo, 66), 20.Xon Jon Xo.

Jazoir:
23.Rais Mboli, 2.Majid Bugerra (4.Essid Benteleb 89), 5.Rafik Xallish, 6.Jamol Mesba, 10.Sofyan Feguli, 11.Yassin Braximi (Mehdi Lasen, 77), 12.Karim Medjani, 13.Islom Slimani, 14.Nabil Bentaleb, 18.Abdulmo'min Jabou, 20.Aysa Mandi.

Ogohlantirishlar:
Li En , Bugerra 67, Xan Guk En 69.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика