So’nggi yangiliklar

09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  0 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  0 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  7 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  2 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  58 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5 01:47Ҳаким Фузайлов: "Туркманистон бизга таклиф билан чиқди, аммо биз рад жавобини бердик"  2 01:31Миржалол Қосимов: "Ҳар бир ўйин қийин кечмоқда. "Хоразм" ҳам бугун яхши ўйин кўрсатди"  2 00:37Ла Лига. "Атлетико" иккинчи турда ҳам ғалаба қозона олмади, Симеоне шогирдлари Мадридда "Эльче" билан дуранг ўйнашди  2 00:31Рўзиқул Бердиев: "Сурхон" эҳтимол "Насаф"нинг салоҳиятидан қўрққандир"  10 00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  2 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  12

Jamshid Saidov: "Mavsumni ham kuchli beshlikda yakunlamoqchimiz" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Mavsumni ham kuchli beshlikda yakunlamoqchimiz"

Bugun bo'lib o'tgan "Mashal" - "Metallurg" (3:1) o'yinidan so'ng mezbonlar yordamchi murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi va savollarga javob berdi.
Aleksandr Xomyakov bazi sabablarga ko'ra matbuot anjumanida ishtirok eta olmadi.

"Hamma jurnalistlarni kirib kelayotgan bayrami bilan tabriklayman. Klubimiz azolari nomida tabriklab, sog'lik tilaymiz. Matbuotga beetibor emasmiz.",  - deb kirib keldi "Mashal" klubi yordamchi murabbiyi Jamshid Saidov.

"Biz birinchi navbatdagi bugungi g'alabadan va muxlislarni xursand etaganimizdan mamnunmiz. Barcha yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Qiyin uchrashuvda g'alabaga erishish bu - qoniqarli. Bosh murabbiyni ko'rsatmalarini va berilgan topshiriqlar to'la bajarildi. "Mashal" o'zbek futbolida o'ziga xos o'ringa ega. Biz uni ananalarini va natijalarini yaxshilash uchun ishlaymiz. Hammamiz bir maqsadda ish olib borayapmiz", - deydi Jamshid Saidov

- "Nasaf"dan uchralgan mag'lubiyat jamoa ruhiyatiga tasir o'tkazmaganini bugungi o'yin isbotladi. Jamoangizda ruhiyat kuchlimi yoki raqib kuchsiz o'yin ko'rsatdimi ?

"Nasaf"dan uchralgan mag'lubiyat futbolchilar tasir o'tkazdi lekin malum muddatda o'zlarini to'la tiklay oldi. Raqibimiz kuchli edi va munosib o'ynadik. Birinchi bo'lim 2:2 o'ynadik va bu ruhiyatni tiklashga yordam berdi.

- Muydin Mamazulumov bugun yaxshi o'yin ko'rsatayotgan edi nima uchun zaxiraga olindi? Botir Nosirov ham ko'rinmadi.

Agar ko'rgan bo'lsangiz Muydin kichik jarohat bilan maydonni tark etdi. Undan tashqari To'raev ham oyog'idan kichik jarohat oldi. Ular zaxirani so'radi va biz munosiblarni qo'ydik deb o'ylayman.  Otabek SHukurov va Eldor SHomurodov kabi yoshlarimiz munosib bo'lib etishmoqda. Akademiyamizga tayanamiz va mana yoshlar ligasi tarkibimiz ham ijobiy natijalar qayd etmoqda.  Nosirovda to'rtta sariq kartochka bor edi va o'tkazib yubordi.

- Jamoani navbatdagi rejalari qanday?

Biz hozir tatilga chiqamiz. 1 iyuldan boshlab tibbiy ko'rik va yig'in boshlanadi. Toshkent viloyatida 10 kunlik yig'in, so'ngra navbatdagi rejalar belgilanadi. Avgustda navbatdagi mavsum boshlandi va biz ungacha jiddiy tayyorgarlikni olib boramiz. Odatda birinchi davradan ko'ra, ikkinchi davra og'ir kechadi. Biz keyingi davrada ham kamida 20 ochko uchun o'yin ko'rsatamiz. Kuchli beshlikka kira olsak, mavsumni yaxshi deb baholasak bo'ladi. Davrani beshlikda yakunlash emas , mavsumni beshlikda yakunlamoqchimiz.

- Jamoaning himoa chizig'ida muammolar bordek ko'rinmayapdimi ? Tarkibda o'zgarish qilish fursati etmadimi ?

Buni bosh murabbiy bilan maslahatlashgan holda amalga oshiramiz. Legionerlar ham kelishi mumkin. Yig'inlar davomida barcha o'zgarishlar bilan rasmiy tanishtirib boramiz.

- Negadir bugun stadionga juda ham muxlis kam tashrif buyurdi.


Buni har xil tushunish mumkin. Masalan hozir jahon chempionat bo'lmoqda va hamma etibor shunga qaratilgan. Undan tashqari bu daraja issiqda stadionga muxlis kelishi ham qiyin. SHunga qaramay klub muxlislarni jalb etish uchun barcha ishni amalga oshirmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика