So’nggi yangiliklar

15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  20 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  1 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  1 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  8 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  6 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  15 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  5

Jamshid Boltaboev: "Ikkinchi bo'limda o'yinimiz o'xshadi" Yangiliklar

Jamshid Boltaboev: "Ikkinchi bo'limda o'yinimiz o'xshadi"

Osiyo chempionatida markaziy himoyachi ampluasida to'p tepgan Jamshid Boltaboevni JCHda tayanch yarim himoyasida ko'rayapmiz.
Hujumlarni boshlash uslubi Odil Ahmedovni eslatib yuborayotgan futbolchimiz o'yindan keyin saytimizga qisqacha intervyu berdi.

"Birinchi bo'limda himoyaviy reja asosida o'ynadik va bu o'z samarasini berdi. Ammo o'yin borasida oqsash bor edi. Tanaffus chog'ida murabbiyimiz bu o'yinda albatta ochko olishimiz kerakligi, qolaversa buni millionlab o'zbek muxlislari kutib turishganligini yana bir bor eslatadilar. Ikkinchi bo'limda maydonga chiqdik va o'yinimiz ham o'xshadi", - deydi Jamshid Boltaboev.

- Panama bilan o'yindan keyin havotir yo'q emas edi. Lekin hujum chakki bo'lmagan edi. Bugun esa himoya yaxshi harakat qildi. Xorvatiya bilan o'yinda shu ikkisini umumlashtira olamizmi?
- Albatta bunga harakat qilamiz. Bugun himoyada murabbiy vazifasini aytganidek bajarganimizdan hammamiz xursandmiz. Boisi Marokash hujumda kuchli o'ynadi. Endi keyingi o'yinda ham yaxshi natija bilan hamyurtlarimizni xursand qilmoqchimiz.


Nodirxo'ja Yuldashev
Fujayra
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика