So’nggi yangiliklar

12:05"Ютқазиш ва хато қилишдан қўрқиб, мухлисларни зериктириб қўйишмаса бўлгани" — Суперкубок олдидан сўз Суперлига матбуот котибларига  0 12:01"Ливерпуль” Алиссон билан шартномани узайтирди  0 11:33"Манчестер Юнайтед" Давид Раумни нишонга олди  0 11:05Ўзбекистон Суперкубоги: “Насаф” энг кўп соврин ютган, “Пахтакор” энг кўп мағлубиятга учраган  2 10:45Макс Доуман кечаги голидан сўнг АПЛ тарихига кирди  0 10:16Финалиссима бўлиши учун Аргентина ўз талабларини қўйди, акс ҳолда...  4 09:41"Машъал" жамоа бош мураббийининг соғлиғи ҳақида маълумот берди  0 09:14Кечаги йирик мағлубиятдан сўнг "Истанбул Башакшехир" устози нималар деди?  1 09:00Ўзбекистон Суперкубоги: томошабинлар рекорди янгиланадими?  8 08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  9 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  21 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  10 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1

Jahongir Abdumo'minov: “Uch kunlik yig'in yaxshi o'tdi” Yangiliklar

Jahongir Abdumo'minov: “Uch kunlik yig'in yaxshi o'tdi”

Milliy terma jamoamiz rejaga ko'ra 12-14 avgust kunlari Toshkentda yig'in o'tkazdi.

Yig'in davomida termamiz ustozi Mirjalol Qosimov bir qator yangi futbolchilarni sinab ko'rdi. Ular orasida “Mashal” futbol klubining yarim himoyachisi Jahongir Abdumo'minov ham bor. Abdumo'minov bazi sabablarga ko'ra Turkiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnasha olmagandi. SHunga qaramay, Qosimov bu o'yinchini ham yig'inga chaqirishni lozim topdi. Yig'inning oxirgi kunida futbolchilar ikki tarkibga bo'lingan holda nazorat bahsini o'tkazishdi. O'yinda “Oqlar” “Ko'klar” ustidan 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi va shu uchrashuvda Jahongir Abdumo'minov “Oqlar” safida harakat qildi. Yig'in yakuniga etgach, yosh yarim himoyachining fikrlari bilan qiziqdik.


“Uch kunlik yig'in yaxshi o'tdi, - deydi Jahongir Abdumo'minov. – Bunda terma jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bir nechta yangi futbolchilarni tekshirib oldi. Mashg'ulotlar ham, yig'in oxiridagi nazorat uchrashuvi ham ko'tarinki ruhda kechdi. Nazorat bahsida bizning jamoa 3:0 hisobida g'alaba qozondi, lekin muhimi bu emas. Asosiysi barcha futbolchilar o'yin amaliyotiga ega bo'lishdi. O'z o'yinim haqida nima deyishim mumkin? Yaxshisi, bu hada murabbiylar, mutaxassislar fikr bildirgani maqul. To'g'ri, zo'r o'yin namoyish etdim deya olmayman, ammo qo'ldan kelgancha harakat qildim. O'yin yakuniga etgach, bosh murabbiy Mirjalol Qo'shoqovich yig'inda ishtirok etgan hammaga rahmat aytdi va barcha futbolchilarga ishonishini bildirdi. Murabbiyning aytishicha, shu oyning oxirlarida terma jamoamiz yana yig'iladi va Iordaniya bilan ikkita uchrashuvga tayyogarlikni boshlaydi. Nasib qilsa, Iordaniya to'sig'idan o'tib, muxlislarga quvonch ulashamiz”.

Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика