So’nggi yangiliklar

22:44Отабек Нарзуллаев: "Ғалаба учун келгандик, бироз омад етишмади"  0 22:26Иван Бошкович: "Об-ҳаво ҳам ўйинга таъсирини ўтказди"  1 21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:22"Антверпен" — "Ауд-Хеверле Лёвен". Таркиблар маълум  4 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  24 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0 20:30Суперлига. "Сўғдиёна" Жиззахда "Машъал" билан ўйинда ғалабани ўзиники қилди  12 20:04"Ризеспор" — "Гёзтепе". Чемпионатнинг илк тур ўйини учун таркиблар маълум  0 19:54"Ливерпуль" Англия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 18:28Суперлига 17-тур учрашувларидаги ҳакамлик қарорлари таҳлили  3 16:55"Насаф" охирги бор Фарғонада "Нефтчи"ни қачон ютган?  19 16:30Суперлига. Марказий ўйинларга бой 18-тур превьюси  5 16:10"Футбол олами". "Пахтакор"да мағлубият, "Насаф" ва "Навбаҳор"да дуранг, "Нефтчи"да ғалаба  0 15:42Аморим Шешконинг трансфери ҳақида гапирди  0 15:17"Ман Сити" Родрига "Реал" қизиқиш билдираётганидан хавотирда  2

Zebenershtrasseda "RRR" bilan xayrlashishdi Yangiliklar

Zebenershtrasseda "RRR" bilan xayrlashishdi

"Bavariya" safida o'zining so'nggi mavsumini o'tkazgan jamoaning afsonalari Riberi, Robben va Rafinya kecha klub qarorgohidagi oxirgi mashg'ulotini o'tkazishdi.

Germaniya Kubogi finaliga taraddud ko'rayotgan "Bavariya" kecha klub qarorgohi bo'lmish Zebenershtrasseda mashg'ulot o'tkazdi va final o'tadigan Berlin shahriga uchib ketdi.

Kechagi mashg'ulot Frank Riberi, Aren Robben va Rafinya uchun Zebenershtrassedagi oxirgi ish kuniga aylandi. Mashg'ulotdan so'ng qarorgohdagi barcha xodim va personallar uchala futbolchi uchun xayrlashuv marosimini o'tkazishdi. Klub afonalariga aylangan mazkur futbolchilar bilan barcha xodimlar juda iliqlik bilan xayrlashishdi. Ularga kutilmagan syurpriz va esda qolarli onlarni taqdim etishdi. SHu o'rinda Riberi, Robben va Rafinya ham Zebenershtrasse hamda klubdagi barcha personallarga chuqur minnatdorchilik bildirib, ularni sog'inib qolishlarini alohida takidlashgan.


Qayd etish kerakki, 25 may kuni Berlinda bo'ladigan Germaniya finalidagi "Leypcig"ka qarshi o'yin "RRR", yani "Robberi" va Rafinya uchun "Bavariya" safidagi oxirgi o'yinga aylanadi.


O'tgan haftada Bundesliganing oxirgi turi doirasida "Alyanc Arena"da "Ayntraxt" bilan chempionlik bahsida o'ynagan "Bavariya" yirik 5:1 hisobida g'alaba qozonib, o'z tarixidagi 29-chempionlikni nishonladi. Bu esa Riberining to'qqizinchi, Robbenning sakkizinchi va Rafinyaning ettinchi chempionligiga aylandi. SHuningdek, mazkur chempionlik to'qnashuvida "Robberi" Myunxendagi o'z uyiga aylanib qolgan stadionda oxirgi bellashuvini o'tkazib, mazkur bahsda zaxiradan tushgan holda "Robberi" o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'lishgandi. Riberi jamoasining to'rtinchi, Robben esa beshinchi golini urdi.

Eslatib o'tamiz, Frank Riberi "Bavariya" 12, Robben 10 va Rafinya 7 mavsumni o'tkazishdi. Qayd etish kerakki, mazkur futbolchilar "Bavariya" bilan qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan barcha sovrinlarga egaliq qilishgan.

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика