"Al Nassr" Koman uchun "Bavariya"ga 30 million evro taklif qilishga tayyor
09 avg 20:30
Yangiliklar


"Al Nassr" Koman uchun "Bavariya"ga 30 million evro taklif qilishga tayyor
"Al Nassr" "Bavariya" hujumchisi Kingsli Komanning transferini rasmiylashtirmoqchi, deya xabar bermoqda jurnalist Florian Plettenberg.
Uning malumotiga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi 29 yoshli francuz uchun 30 million evro to'lashga tayyor. Futbolchining o'ziga yiliga 20-25 million evro maoshli shartnoma taklif qilishlari mumkin.
Komanning "Bavariya" bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. U myunxenliklar safida 339 ta o'yinda maydonga tushib, 72 ta gol urgan va 71 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar