So’nggi yangiliklar

19:30Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  11 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  1 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  1 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0

Zayniddin Tojiev: Bugungi derbida “Lokomotiv” raqibdan ustunroq ko'rinmoqda Yangiliklar

Zayniddin Tojiev: Bugungi derbida “Lokomotiv” raqibdan ustunroq ko'rinmoqda

“Bunyodkor” – “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi navbatdagi “Toshkent derbisi” boshlanishiga ham bir necha soat qolmoqda.

O'z vaqtida “temiryo'lchilar” jamoasi safida mazmunli o'yin namoyish etib, bir qator derbilarda muxlislar olqishiga sazovor bo'lgan sobiq futbolchi Zayniddin Tojiev mazkur o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- “Bunyodkor” jamoasi endilikda Mirjalol Qosimov boshchiligida sekin-asta yangicha o'yinni shakllantirib bormoqda. Lekin bugungi bahsda “Lokomotiv”ni raqibdan biroz ustunroq, deb o'ylayman. O'zi aslida derbiga tayyorgarlik odatda biroz boshqacharoq bo'ladi. Men futbol o'ynagan paytda ham shunday edi. “Bunyodkor”ga qarshi kechgan bir nechta derbilarda ishtirok etganman.



Derbida jamoa yutadimi yoki yutqazadimi, baribir kurash so'nggi sekundlarga qadar kechadi. “Bunyodkor” bilan bo'lgan derbilardan yodimda saqlanib qolgani – 2012 yilda ushbu jamoani 3:1 hisobida mag'lub etganimiz. O'shanda Arturas Fomenko 2 ta gol kiritgandi. Adashmasam, Arturas “Bunyodkor”ga qarshi deyarli har bir o'yinida gol kiritishga muvaffaq bo'lardi.

Umuman olganda, derbida g'alabaga erishish har qachon ham muhim bo'lgan. SHu sababli bugun ham o'yin juda shiddatli va qiziqarli tarzda kechishiga aminman, - deydi Tojiev.

Takidlash joizki, Zayniddin Tojiev 2011-2013 mavsumlarda “Lokomotiv” sharafini himoya qilgan.

"Lokomotiv" matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика