"Yuventus" "Sassuolo" to'purari bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi
17 avg 2023 17:29
Yangiliklar
"Yuventus" "Sassuolo" vingeri Domeniko Berardi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda "La Gazetta dello Sport" xabar bermoqda.
Tomonlar 4 yillik shartnoma tuzishga kelishib oldilar. Agar transfer amalga oshsa, futbolchi bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 3 million evro oladi.
"Byankoneri" futbolchi uchun 20 million evro va yana 4 million bonus taklif qiladi. Turinliklar yosh futbolchilardan birini ham shartnomaga qo'shishga tayyor.
Berardi o'tgan mavsum "Sassuolo"ning eng yaxshi to'purari va assistenti bo'lgandi. 29 yoshli italiyalik futbolchi so'nggi mavsumda 27 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar