"Yuventus" prezidenti Andrea Anellidan Kontega ochiq hat
16 iyu 2014 00:34
Yangiliklar


"Yuventus" prezidenti Andrea Anellidan Kontega ochiq hat
"Hurmatli Antonio, sen futbolchilar uchun haqiqiy etakchi eding va bu xabar meni juda ranjitdi.
Biz sen bilan uch mavsumni birga o'tkazdik. KLub tarixini birgalikda yozdik. Uch marotaba ketma-ket chempionlik va ikkita superkubokni qo'lga kiritdik. Eng asosiysi, bu jamoamiz yildan-yilga rivojlanib bordi.
So'nggi g'alabamizga endi atiga ikki oy bo'ldi. "Yuventus" o'z yo'lida davom etishi kerak.
Biz hammasini boshidan boshlaymiz. Jadvalni barcha qotori noldan boshlaymiz. Qanday qaror qabul qilganingdan katiy nazar, "Yuventus"ning har bir g'alabasi seni yuzinga tabassum bag'ishlaydi.
"Yuventus"da kelajagi porliq yoshlar va tajribali charm to'p ustalari bor va ular yangi keladigan murabbiyni qo'llab-quvvatlashadi. Ular birgalikda bugungi va ertangi kunni yozishadi.
Beppe Marotta, Fabio Paratichi, Pavel Nedved, barcha futbolchilar, murabbiylar va klubning har bir xodimi ertayu-kech "Yuventus" muxlislari uchun birgalikda ishlashadi.
Ularning hammasi klub uchun muhim masalalarni echa olishlariga tayyor bo'lishlari kerak.
Hammasi uchun rahmat senga, Antonio", - deb yozadi Andrea Anelli.

Fikrlar