"Yuventus" "Man Siti"ning asosiy yulduzlaridan birini jamoaga qo'shib olishni xohlamoqda
21 mar 10:33
Yangiliklar
"Yuventus" "Man Siti"ning asosiy yulduzlaridan birini jamoaga qo'shib olishni xohlamoqda
"Yuventus" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvaga jiddiy qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport.
Yozda portugaliyalik futbolchi erkin agentga aylanishi mumkin va turinliklar unga 3 yillik shartnoma taklif qilib, mavsumiga taxminan 7 million evro maosh berishni rejalashtirmoqda.
Silva hozircha kelajagini aniq qilmagan. 31 yoshli futbolchi karerasining so'nggi bosqichida yangi muhit va yangi chaqiriq izlamoqda. U barcha takliflarni o'rganib chiqmoqchi — unga "Barselona", "Benfika", "Galatasaray", arab ligalari klublari va MLS jamoalari ham qiziqish bildirmoqda. Barcha klublarga u aprel oyi oxirigacha qaror qabul qilmasligini aytgan.
Joriy mavsumda Bernardu barcha turnirlarda 41 o'yin o'tkazib, 3 gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar