"Borussiya D" Sanchoni qaytarmoqchi
20 mar 23:25
Yangiliklar
"Borussiya D" Sanchoni qaytarmoqchi
"The Athletic" xabariga ko'ra, Dortmundning "Borussiya" klubi rahbariyati joriy mavsum ijara asosida "Aston Villa"da o'ynayotgan "Manchester Yunayted"ning 25 yoshli vingeri vakillariga klub uni transfer qilish uchun "qizil iblislar"ga rasmiy taklif bilan chiqishga tayyor ekanini bildirgan.
Xabar qilinishicha, "Borussiya" hali ham Sanchoning iqtidoriga ishonadi va uning "Manchester Yunayted"ga o'tganidan so'ng faoliyatini qayta tiklash uchun yangi imkoniyat berishga tayyor. Futbolchining o'zi ham avvalroq Dortmundga qaytish orzusi borligini ochiq aytgani transfer amalga oshishi ehtimolini yanada oshirmoqda.
Sancho 2021 yil 85 million evro evaziga "Borussiya"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan, biroq uning Manchesterdagi faoliyati kutilganidek kechmadi. U "qizil iblislar" safida jami 83 o'yinda ishtirok etib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Sanchoning "Aston Villa"dagi ijara muddati yozda yakuniga etadi. U "Villa" safida 29 o'yinda qatnashib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar