Kerrik "Manchester Yunayted" futbolchisini yil o'yinchisi sovriniga loyiq deb biladi
20 mar 12:03
Yangiliklar
Kerrik "Manchester Yunayted" futbolchisini yil o'yinchisi sovriniga loyiq deb biladi
Maykl Kerrik futbolchilarga munosib baho berib, ular ham mukofotlarga loyiq deb hisoblamoqda.

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi jamoa sardori Brunu Fernandeshni PFA talqiniga ko'ra, mavsumning eng yaxshi o'yinchisi sovriniga nomzod sifatida ko'rsatdi:
"Menimcha, u fantastik mavsum o'tkazmoqda. Men ovoz beradigan futbolchilar ko'p emas, lekin men o'z ovozimni unga berardim. U jamoamizga katta tasir ko'rsatib, maydonda o'zini isbotladi va bu kabi muhokamalarda ishtirok etishga munosib.
Albatta, men u bu sovrinni qo'lga kiritishini istardim. Bu klubda nima bo'layotgani, jamoa qanday o'ynayotgani va Brunu qanday o'yin namoyish etayotgani ko'p narsani anglatadi. Yakun qanday bo'lishini ko'ramiz, lekin hozirgi paytda men undan juda mamnunman", – dedi Kerrik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar