MYU "Nyukasl" etakchisi bilan bitim tuzishga yaqin
20 mar 23:46
Yangiliklar
MYU "Nyukasl" etakchisi bilan bitim tuzishga yaqin
"Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraes "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin turibdi.
"The Sun Football" malumotiga ko'ra, "Manchester Yunayted" 28 yoshli braziliyalik markaziy yarim himoyachining transferi bo'yicha muzokaralarning yakuniy bosqichiga etib keldi.
Xabar qilinishicha, transfer summasi taxminan 69 million evroni tashkil etadi va bu summa "Nyukasl"ni qoniqtirmoqda.

Gimaraesning o'zi yozgi transfer oynasida klubni tark etishga qaror qilgan. U "Manchester Yunayted"da sovrinlar uchun kurashish imkoniyati "Nyukasl"ga nisbatan ancha yuqori deb hisoblamoqda.
Braziliyalik futbolchi joriy mavsum 35 o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 7 ta golli pas uzatdi. Uning "Nyukasl" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar