"Yuventus" jarohat olgan Bremer o'rniga Serxio Ramosni sotib olishni rejalashtirmoqda
04 okt 2024 17:06
Yangiliklar
"Yuventus" jarohat olgan Bremer o'rniga Serxio Ramosni sotib olishni rejalashtirmoqda
"Yuventus" Serxio Ramosni jarohatlangan himoyachi Gleyson Bremerning o'rniga qo'ymoqchi.
Turin klubi rahbariyati hozir erkin agent maqomidagi 38 yoshli Ramosni safiga qo'shib olmoqchi, deb xabar berdi "Fichajes".

Jurnalist Jovanni Albaneze so'zlariga ko'ra, Bremerning xochsimon bog'lami uzilganlikda gumon qilinmoqda. Agar tashxis tasdiqlansa, 27 yoshli futbolchi ushbu mavsum maydonga tushmasligi mumkin, chunki uning tiklanishi 6-7 oy davom etadi.
Ramosning so'nggi klubi "Sevilya" bo'lib, u 2023/24 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 37 o'yinda qatnashib, 7 ta gol urdi hamda 1 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar