"Yuventus" ECHLda chempionlik uchun haqiqiy davogardek ko'rinmoqda" - Patris Evra
16 dek 2023 11:18
Yangiliklar
"Yuventus" ECHLda chempionlik uchun haqiqiy davogardek ko'rinmoqda" - Patris Evra
"Yuventus" sobiq futbolchisi jamoaning muvaffaqiyatidan hayratda ekanligini bildirdi.
"Yuventus" sobiq o'yinchisi Patris Evra "byankoneri"ning Massimiliano Allegri boshchiligidagi muvaffaqiyatidan hayratda.
"Qaysidir manoda buni mo'jiza deb atasa bo'ladi. Allegri benuqson ish qildi, men diqqatni jamlagan, mustahkam, tajovuzkor va kurashuvchan jamoani ko'rmoqdaman. Avgust oyida CHempionlar Ligasiga chiqish haqida gap ketayotgandi, ammo hozir "Yuventus" chempionlik uchun haqiqiy davogardek ko'rinmoqda", – dedi franciyalik sobiq futbolchi.
"Yuventus" ayni paytda A Seriya jadvalida peshqadam "Inter"dan 1 ochko ortda qolib, 2-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar