"Yuventus" Antonini MYUdan sotib olishi uchun ikki shart malum bo'ldi
02 mar 21:30
Yangiliklar
"Yuventus" Antonini MYUdan sotib olishi uchun ikki shart malum bo'ldi
Braziliyalik futbolchi ham Turin klubiga o'tish variantiga ijobiy qaramoqda.
Ammo, bu transfer amalga oshishi uchun ikki shart bajarilishi kerak: birinchidan, "qizil iblislar" Antoni transferi uchun so'ralgan 50 mln evro miqdoridagi summani pasaytirishi kerak. Ikkinchidan, 25 yoshli hujumchi maoshini kamaytirishga majbur bo'ladi. "Manchester Yunayted"da braziliyalikning maoshi yiliga 14 mln evroni tashkil etadi.
Antoni joriy yilning yanvarida "Betis"ga ijaraga berilgandi. Ushbu mavsumda vinger barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchini 20 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar